Bu haqda Stop TB Partnerşip’ning (Silni töxtatamiz hamkorligi) yangi tadqiqotiga tayanib CNBC telekanali xabar berdi.
Taşkilotning London imperiya kolleji olimlari, Avenir Health, Jon Xopkins universiteti va AQŞning xalqaro rivojlaniş agentligi iştirokida tuzilgan ma'ruzasiga köra, koronavirusga qarşi kuraş ortida silni taşxislaş va davolaşga beparvo munosabatda böliş sababli 2020 yildan 2025 yilgaça bu kasallik 6,3 mln kişini qamrab olişi mumkin.
Şu bilan birga, körsatilgan davrda prognozlarga köra, uşbu kasallikdan ölimlar soni 1,4 mln.tani taşkil qilişi mumkin.
“Sil – yuqumli kasallik bölib, havo orqali ötadi. Şu sababli uşbu kasallik aniqlanmay va davolanmay qolgan har bir bemor uni boşqalarga yuqtiradi”, deb ta'kidlab ötgan Stop TB Partnership direktori Luçika Ditiu.
Olimlar olib borgan tadqiqotga 3 oylik izolyatsiya va 10 oylik tiklaniş davrini közda tutuvçi ssenariy asos qilib olingan. Tahlillar silga çaliniş körsatkiçlari eng yuqori bölgan davlatlardan (Hindiston, Keniya va Ukraina) olingan ma'lumotlarga asoslangan va butun dunyoga tatbiq qilingan.
Mutaxassislarning eslatib ötişiça, sil antibiotiklar yordamida davolanadi, biroq unga qarşi asosiy usul testlaş hisoblanadi va bunda iloji boriça köproq odamlarni qamrab oliş lozim.













