Taşqi işlar vazirligining ma'lum qilişiça, 2020 yil 12 may holatiga köra, elçixona konsullik bölimi tomonidan tuzilgan onlayn-röyxatga vatanga qaytiş istagini bildirgan 55 ming kişi kiritilgan. Bu kabi röyxatlar Özbekistonning Rossiya hududlaridagi Boş konsulxonalari tomonidan ham yuritilib, ularda taxminan 10 mingga yaqin fuqaro qayd etilgan. Joriy yil 11-12 may kunlarining özida 14 ming vatandoş Özbekistonga qaytişda yordam sörab elçixonaga murojaat qilgan.

“Hozirgi vaqtda Elçixona öz imkoniyatlari va vakolatlari doirasida Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib çiqişga barça kuçlarini safarbar qilgan. Tezkor ştab tuzilgan, 9 ta xodimdan iborat maxsus guruh taşkil etilib, u doimiy ravişda fuqarolar bilan işlab kelmoqda. 

Ma'lumki, charter reyslariga birinçi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, şuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga çiptasi bor fuqarolar joylaştiriladi. Şu sababli elçixona diplomatlari tomonidan tasdiqlovçi hujjatlar söralganda vatandoşlarimizdan vaziyatni töğri tuşunişlarini va tegişli hujjatlarni taqdim etişlarini söraymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Sönggi kunlarda elçixona va konsullik bölimi atrofida charter reyslari orqali Özbekistonga qaytiş istagida bölgan fuqarolarimiz töplanişi kuzatilmoqda. Uşbu holat turli kasalliklar, şu jumladan, koronavirus infeksiyasini yuqtiriş xavfini orttirişi aytilgan.

Elçixona Rossiyadan uçib ketişni xohlagan fuqarolar röyxatini öz konsullik okrugi (Markaziy federal okrug) doirasida olib borayotgani, Rossiyaning boşqa hududlarida bölib turgan vatandoşlar Özbekistonning tegişli Boş konsulxonalariga murojaat qilişlari mumkin ekani bildirilgan.

Elçixona Rossiyadagi özbekistonliklarning COVID-19 koronavirusi tarqalişi bilan boğliq vaziyatdan xavotirlari va Vatanga, öz oila va yaqinlari bağriga qaytiş istagini yaxşi tuşunadi. Şu bilan birga, Elçixona Rossiyadagi vatandoşlarimiz töqnaş kelayotgan moliyaviy qiyinçiliklar haqida ham xabardor bölib, şu kunlarda «Mehr» loyihasi doirasida fuqarolarimizga bir marta beriladigan moddiy yordam tölab berişni boşladi.