Qiyosiy ta'bir bilan aytganda, sanoat korxonalari iqtisodiyotimizning lokomotivi hisoblanadi. Mahalliy xomaşyolarni qayta işlaş evaziga tayyor mahsulot işlab çiqariş, içki bozor ehtiyojini töldiriş bilan bir qatorda mahsulotlarini eksportga yönaltiriş imkoniyatiga ega yirik korxonalar soni va quvvatini oşib borişi — Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yönalişdan biri ekanligi barçamizga ma'lum.

Avval xabar berganimizdek, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 iyundagi tegişli qarorlariga asosida «Toşkent metallurgiya zavodining taşqi obektlarini qurişda elektr energiyasi bilan ta'minlaş» loyihasi amalga oşirilayotgan edi.

Batafsil ma'lumot: http://www.uzbekistonmet.uz/uz/liss/view/65

Batafsil ma’lumot; http://www.uzbekistonmet.uz/oz/liss/view/65

Ta'kidlab ötilganidek, loyihadan közlangan maqsad aniq — Toşkent şahar Sirğali tumanida joylaşgan yirik sanoat korxonasining taşqi obektlarini qurişda elektr energiyasi bilan ta'minlaş hamda Toşkent şahri va qisman Toşkent viloyatidagi iste'molçilarni elektr energiya bilan uzluksiz ta'minlaş jarayoni işonçliligini oşirişdan iborat.

Loyiha tarkibidagi quriliş obektlariga nazar soladigan bölsak, dastlab «Qöyliq» va «Adolat» podstansiyalari oraliğidagi 220 kVli havo liniyasini kesiş orqali yangi tarmoq tuguni hosil qilindi. Söngra «Sirğali» podstansiyasigaça uzunligi 2x23 (46) km bölgan 220 kV li havo liniyasi qurib bitkazildi. Loyihaning yana bir ahamiyatli jihati şundan iboratki, yirik sanoat korxonasi joylaşgan hudud atrofidagi boşqa iste'molçilarning elektr energiyasiga bölgan talabini ham qondiriş, ta'minotning işonçliligini ehtiyojga muvofiq oşirib boriş maqsadida yangi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 220/110/10 kV kuçlanişli «Sirğali» podstansiyasi ham qurib bitkazildi.