«Ma'lumki, kasallik yuqişi xavfidan kelib çiqib, tölovlar naqdsiz şaklga ötkazilgan edi. Aholi, ayniqsa, pensionerlarning murojaatlarini hisobga olib, iş haqi, nafaqa va pensiyalar, karantin qoidalariga töliq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilişi belgilandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bundan taşqari, Toşkent şahri tumanlarida munosib iş joylari taşkil etiş, uy-joylar qurilişini kengaytiriş böyiça topşiriqlar berilgan.
Eslatib ötamiz, aprel oyida maxsus komissiya qaroriga köra, Özbekistonda karantin davrida pensioner va nafaqaxörlarning salomatligini saqlaş maqsadida pensiyalar plastik kartalarga ötkazilişi ma'lum qilingandi.
Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda kartalarni yetkazib berişdagi muammolar, ularni olişda Xalq banki filiallarida uzun navbatlar vujudga kelgani va pensiyalarni tölaş vaqtlarining keçikkani, şuningdek, Humo kartalari orqali tölovlarni amalga oşirişdagi qiyinçiliklar haqida şikoyatlar bildirildi.











