Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi va Rossiya hududlaridagi boş konsulxonalari 14 maydan e'tiboran karantin va çeklov çoralari tufayli oğir vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolariga bir martalik moddiy yordam tölab berişni boşlaşi haqida xabar berilgandi.  

Ma'lum qilinişiça, bir martalik moddiy yordam Rossiya Federatsiyasi hududida bölib turgan quyidagi toifadagi Özbekiston Respublikasi fuqarolariga tölab beriladi:

Nogironlar – tegişli tasdiqlovçi hujjat (ma'lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

Qaramoğida 2 yoşgaça farzandi bölgan hamda homilasi 7 oylikdan oşgan ayollar – zarur tasdiqlovçi hujjatlar (bolaning tuğilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan ma'lumotnoma) taqdim etgilgan holda;

Covid-19 taşxisi qöyilgan şaxslar – tegişli tasdiqlovçi hujjat asosida;

Rossiyadagi OTMlarning kunduzgi bölimlarida tahsil olayotgan talabalar – öqiş joyidan tegişli ma'lumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan (12 130 rubl) kelib çiqqan holda bir martalik pul mablağini tölab beriş şaklida amalga oşiriladi.

Moliyaviy yordamni oliş uçun elçixona tomonidan maxsus işga tuşirilgan özbek va rus tillaridagi «mexr.rf» portali orqali murojaat yuboriş lozim.  

Rossiyada yuristlik faoliyatini olib borayotgan mutaxassis Botirjon Şermuhammad özining feysbukdagi sahifasida uşbu yordamni oliş tartibi haqida batafsil ma'lumot berdi.

Moliyaviy yordamni oliş istagida bölganlarga uşbu videoni körişni tavsiya etamiz.