12-13 may kunlari Özbekistonning ba'zi hududlarida kuçli yomğir yoğdi. Navoiy viloyati Zarafşon şahrida yomğir suv toşqinlarini hosil qildi.

Kun.uz öquvçilari yuborgan videolarda suv odamlarning uyigaça kirib borganini köriş mumkin.

Kadrlarda köçalar öpirilgani, köpriklar buzilgani körinadi.

https://ok.ru/videoembed/1494077803199

Ma'lum bölişiça, toğli hudud hisoblangan Nurotada ham sel kelgan. Bu hududda sel kelişi odatiy holga aylangan. Nurotalik öqituvçilarning aytişiça, sel paydo qilgan katta suv oqimi Narpay kanaliga borib quyiladi va u odamlarning uyiga zarar yetkazmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 13 may kuni ertalab bergan birlamçi ma'lumotda sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar körgani, öz vaqtida körilgan tezkor çoralar natijasida fuqarolar hayoti saqlab qolingani aytilgan edi.

Vazirlik xabariga köra, Zarafşonda sel kelişi 13 mayga ötar keçasi taxminan soat 02:30dan 04:30gaça bölgan vaqt oraliğida kuzatilgan.

«Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining 9ta texnikasi va 70 nafar şaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi», – deyiladi FVV 13 may soat 10:18da e'lon qilgan xabarida.

Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda Zarafşon şahrida koronavirus bilan kasallanişning yangi öçoği yuzaga kelgan çalingani xabar qilingan, şu boisdan şaharning toifasi «sariq»dan «qizil»ga özgartirilgan edi.