Kun.uz muxbiri şu savollarga javob oliş maqsadida vazirlik matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov bilan onlayn suhbat taşkil qildi.
— Ayni vaqtda Rossiyada bölib turgan fuqarolar charter reyslar uçun aviaçiptalarni qayerdan va qay tartibda olişi kerak?
— Brifing davomida 11-24 may kunlari charter reyslar taşkil qilinişi haqida xabar berilgandi. Rossiyadan Özbekistonga qaytmoqçi bölgan fuqarolarimizning murojaatlari nisbatan köproq. Ular charter reyslar uçun avvalo Rossiyadagi Özbekiston elçixonalari va konsullik idoralariga qönğiroq qilib yoki ijtimoiy tarmoqda oçilgan rasmiy sahifalarida röyxatdan ötgan holda yozilişlari mumkin. Röyxatdan ötgandan söng kelib tuşgan murojaatlar asosida har bir reys uçun bortga qöyiladigan yölovçilar röyxati konsullik va elçixonalar tomonidan şakllantiriladi. Aviaparvozga 4 soat qolganda çiptalarni aeroportlardagi «Özbekiston havo yöllari» kompaniyasi kassalaridan sotib olişlari mumkin.
— Brifingda aviçiptalarni eng minimal narxlarda sotiladi, degan edingiz. Eng kam summa deganda, qança mablağ tuşuniladi? Ayrim joylarda aviaçiptalar narxi kötarilib ketayotgani böyiça ham gaplar tarqalmoqda. Bular qançalik haqiqatga yaqin?

— Charter reyslar uçun sotuvga qöyilgan çiptalar narxi minimal tarifdan yuqori bölmasligi belgilangan. Har bir yönaliş nuqtai nazaridan körib çiqadigan bölsak, Frankfurt-Toşkent yönalişidagi charter reys narxi 400 AQŞ dollari, Moskva-Toşkent yönalişi narxi 147 AQŞ dollari, Istanbul-Toşkent yönalişi 285 AQŞ dollari, Sankt-Peterburg – Toşkent yönalişi 178 AQŞ dollari, Dehli-Toşkent yönalişi 224 AQŞ dollari, Rostov-Toşkent yönalişi 160 AQŞ, Qozon-Toşkent yönalişi 148 AQŞ dollari, London-Toşkent yönalişi 440 AQŞ dollari, Novosibirsk-Toşkent yönalişi 186 AQŞ dollari, Şarja-Toşkent yönalişi 221 AQŞ dollari deb belgilangan.
— Agar aviaçiptalarning belgilangan narxi oşirilsa, fuqarolar qayerga murojaat qilişi kerak?
— Çiptalar narxi oşirilayotgani böyiça holatlar yuz berayotgan bölsa, «Özbekiston havo yöllari» kompaniyasining call-markaziga (+99871) 140-02-02 raqamlariga qönğiroq qilib murojaat etişlari mumkin. Fuqarolar aviaçipta sotib olişga qurbi yetmayotganligi böyiça ham köp murojaatlar kelib tuşmoqda. Agar şunday fuqarolar konsullik va elçixonalarda charter reyslar uçun röyxatdan ötgan va tasdiqlangan bölsa, ammo çipta xarid qilişga mablaği bölmasa, Özbekiston turib fuqarolarning qarindoşlari çipta pulini tölaşlari mumkin, ya'ni çiptalarni Toşkentdan sotib oliş imkoniyati ham bor.










