Respublika Gidrometeorologiya markazi 20 - 23 aprel kunlari böyiça ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm. Havo özgarib turadi, 20 va 22 aprelda yoğingarçilik kutilmaydi, 21 va 23 aprelda ba'zi joylarda yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-21 aprelda keçasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 22-23 aprelda keçasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq böladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo özgarib turadi, 20 va 22 aprelda yoğingarçilik kutilmaydi, 21 va 23 aprelda yomğir yoğadi, 21 aprelda ba'zi joylarda kuçli bölişi mumkin. Momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq böladi.

Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo özgarib turadi, 20 aprelda keçasi va kunning birinçi yarmida ba'zi joylarda yomğir yoğadi, kunning ikkinçi yarmida biroz yomğir yoğişi mumkin, 21 va 23 aprelda yomğir yoğadi, 21 aprelda ba'zi joylarda kuçli bölişi mumkin. Momaqaldiroq bölişi mumkin. 22 aprelda yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo özgarib turadi, 20 aprelda keçasi va kunning birinçi yarmida ba'zi joylarda yomğir yoğadi, kunning ikkinçi yarmida biroz yomğir yoğişi mumkin, 21 va 23 aprelda yomğir yoğadi, 21 aprelda ba'zi joylarda kuçli bölişi mumkin. Momaqaldiroq bölişi mumkin. 22 aprelda yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-21 aprelda 22-27 daraja, 22-23 aprelda 20-25 daraja issiq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari. Havo özgarib turadi, 20 aprelda keçasi va kunning birinçi yarmida ba'zi joylarda yomğir yoğadi, kunning ikkinçi yarmida biroz yomğir yoğişi mumkin, 21 va 23 aprelda yoğingarçilik kutilmaydi. 22 aprelda ba'zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-21 aprelda 20-25 daraja issiq, 22-23 aprelda 17-22 daraja iliq böladi.

Respublikaning toğli hududlari. Havo özgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, 21 aprelda ba'zi joylarda kuçli bölişi mumkin. Momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 3-8 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq böladi.