Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uçraşuv böldi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev suv omborida yuz bergan texnogen avariya juda katta sinov bölganini, Hukumat komissiyasi taşkil etilib, toşqin oqibatlarini bartaraf etişga barça kuç va imkoniyatlar safarbar qilinganini yana bir bor qayd etdi.
«Bu işlarni taşkil etiş va Sirdaryo xalqidan xabar oliş uçun bugun törtinçi marta sizlarning oldingizga keldim. Har soat, har daqiqa bu yerdagi işlar holatini suriştirib turibman, telefon orqali hisobot olyapman», degan davlat rahbari.
Aholining turmuş şaroitlarini tiklaş asosiy vazifa ekani, zararlangan uylarni ta'mirlaş hamda yangi turar joylar quriş böyiça işlar boşlab yuborilgani ta'kidlandi.
«Ta'mirlanadigan uylar ham, yangi quriladiganlari ham davlat tomonidan bepul qurib-ta'mirlab beriladi. Odamlar yangi köp qavatli uylarga va özlarining ta'mirlangan hovli-joylariga 1 sentyabrgaça töliq köçib ötişi mumkin böladi. Şu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham özlarida qoladi», degan prezident.



Ma'lumot uçun, Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uçun uçta massivda jami 2 640 kvartirali 66ta 5 qavatli uy qurilişi rejalaştirilgan.
Bugun prezident Sardoba tumanidagi «Döstlik» mahallasida barpo etiladigan 1480 xonadondan iborat 37ta uy uçun tamal toşi qöyiş marosimida iştirok etdi.


















