Bu haqda Forbes naşri xabar berdi. Ayni vaqtda Maning boyligi 40,7 mlrd dollarga, Ma Xuatenniki esa 48,3 mlrd dollarga baholanmoqda. 

Forbes’ning 2020 yil martda e'lon qilingan yillik reytingida Jyek Ma 38,8 mlrd dollar bilan xitoylik milliarderlar orasida 1-örinni egallayotgandi. Ma Xuaten esa undan 700 mln dollar ortda qolayotgandi.

Naşr Ma Xuaten boyligining keskin ortişini Tencent aksiyalari narxi oşişi bilan boğlagan. Joriy yil boşidan beri uşbu kompaniya aksiyalari 14 foizga oşgan. Bu esa koronavirus pandemiyasi şaroitida uydan çiqişning çeklanişi ortida onlayn-öyinlarga talab oşgani bilan tuşuntiriladi. Joriy yilning 1-çoragida Tencent’ning tuşumi 26 foizga oşib, 108 mlrd yuandan (15 mlrd dollar) köproqni taşkil qilgan.

“Foydalanuvçilar uyda qolayotganlari sababli mahsulotlarimiz heç qaçon bunçalik talabgir va dolzarb bölmagan”, deb aytgan 13 may kuni Ma Xuaten.

Biroq Forbes’ning ta'kidlaşiça, Xitoyda karantin çeklovlari bekor qilingaç, Tencent xizmatlari va mahsulotlariga talab kamayişi mumkin, çunki çeklovlar olinişi odamlar, jumladan ösmirlarning uylarda kamroq vaqt ötkazişlariga olib keladi, iqtisodiy vaziyatning yomonlaşişi esa ularni öyinlarga xarajatlarni kamaytirişga undaydi.

Buning natijasida Jyek Ma va Ma Xuaten yana örin almaşişlari mumkin. Bundan avval Tencent asosçisi 2019 yil martdagi reytingda Mani ortda qoldirgandi, biroq Alibaba asosçisi noyabrda yetakçilikni yana öziga qaytara olgan.

Şu bilan birga, Bloomberg mutaxassislari hisob-kitobiga köra, Jyek Ma hamon Ma Xuatendan boyroq hisoblanadi. Bloomberg Billionaires Index reytingiga köra, Jyek Ma hozirda dunyoning eng boy odamlari orasida 44,6 mlrd dollar bilan 19-örinni, Ma Xuaten esa 1 mlrd dollarga kamroq boylik bilan 20-örinni egallamoqda.