Prezidentning 30.01.2020 yildagi «Çorvaçilik tarmoğini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4576-son qaroriga muvofiq mazkur hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2020–2022 yillarda xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qöy va eçkilarni sotib olgan xöjaliklarga hamda respublikada nasldor qoramollarni yetiştiradigan naslçilik xöjaliklariga subsidiya beriş tartibi töğrisidagi nizom;

2020–2022 yillarda «Özbekbaliqsanoat» uyuşmasiga a'zo bölgan baliqçilik xöjaliklari tomonidan intensiv usulda yetiştirilgan baliq hamda ularni import qiluvçilarga subsidiyalar ajratiş tartibi töğrisidagi nizom;

2020–2022 yillarda «Parrandasanoat» uyuşmasiga a'zo bölgan parrandaçilik xöjaliklari tomonidan import qilingan bir kunlik nasldor jöjalar uçun subsidiya beriş tartibi töğrisidagi nizom.
 
Norma’ning yozişiça, çorvaçilik tarmoğini yanada rivojlantirişni samarali taşkil etişni ta'minlaş böyiça tumanlar va viloyatlar komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
 
Subsidiya oliş uçun tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etiş lozim. Komissiya tomonidan subsidiya ajratiş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qilinadi. Subsidiya ajratiş töğrisida qaror qabul qilinganda ariza viloyat komissiyasiga yuboriladi, uşbu komissiya 2 iş kuni mobaynida hujjatlarni «Özbekçorvanasl» agentligiga yuboradi. Agentlik hujjatlarni tekşirib çiqadi va mablağlarni subsidiya oluvçilarning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga ötkazadi.
 
Qaror bilan nasldor qoramol, qöy va eçkilar, baliq va jöjalar boş soni prognoz körsatkiçlari belgilandi.
 
Hujjat 13.05.2020 yildan kuçga kirdi.