Uy xöjaliklari xarajatlari va daromadlari böyiça sörov (UXDS) natijalari hamda hududlar kesimidagi iste'mol narxlari indeksi (INI) ma'lumotlari asosida uy xöjaliklari daromadlari va xarajatlari ösişi tahlil qilindi. Şuningdek, olingan natijalar asosida INI va yaşaş qiymati örtasidagi tafovutlar örganildi.

Sörov natijalarida aniqlangan ma'lumotlarga köra, uy xöjaliklari daromadlarining taqsimlanişida respondentlarning asosiy qismi – 38,7 foizi oyiga 2-4 mln. söm daromadga ega bölganlar guruhiga kiradi.

Har xil daromadga ega uy xöjaliklari guruhlari xarajatlari tarkibidagi tafovut tahlili kam daromadga ega bölgan uy xöjaliklari yuqori daromadli guruhlarga qaraganda öz xarajatlarining köproq qismini oziq-ovqat mahsulotlariga va kamroq qismini nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar (ya'ni transport, soğliqni saqlaş, ta'lim va boşqalar)ga sarflaydilar:

Daromad darajasining ösib borişi bilan iste'mol tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarining uluşi sezilarli darajada pasaymoqda. Daromadlari 6 mln. söm va undan yuqori bölgan uy xöjaliklarining iste'mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari uluşining daromadi 2 mln. sömdan past bölgan uy xöjaliklarinikiga qaraganda örtaça 26 foiz bandga kam.

Respondentlarning yoş guruhlari böyiça tahlil, keksalar tomonidan daromadlarining köproq qismini (örtaça 80 foizini) oziq-ovqat mahsulotlariga, yoşlar tomonidan esa – nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlariga sarflanişini körsatdi:

Bunda 30-55 yoşdagi aholining xarajatlari 30 yoşgaça bölgan yoş guruhiga nisbatan 18 foizga va 55 yoşdan oşgan aholiga nisbatan 63 foizga köproq. 30-55 yoşdagi aholi iste'moli tarkibida nooziq-ovqat tovarlari uluşining nisbatan yuqori bölişi uşbu guruh vakillari kommunal xizmatlar va boşqa moliyaviy majburiyatlarning asosiy tölovçilari ekanligi bilan izohlanadi.

2019 yil uçun hududiy inflatsiya körsatkiçlari respublika hududlari böyiça yiğilgan INI statistikasi asosida hisoblangan. Olingan ma'lumotlarga köra, hududlar kesimida inflatsiya darajasi respublika böyiça örtaça darajadan sezilarli farq qiladi.