«Albatta, kimdir savol berişi mumkin: şu suv ombori kerakmidi-yöqmidi? Bunaqa savollar hozir ham köp.

Nima uçun Sirdaryo va Jizzax viloyatlari rivojlanişda ortda qolgan? Suv bölmagani uçun. Dehqon odam biladi, paxtaga 5-6 marta suv beriş kerak. Nimaga boşqa joylarda 40-70 sentner hosil olinardi-yu, bu yerda 15 sentner? Çunki ikki marta ham suv bera olmasdik-da.

Ikkinçidan, biron marta takroriy ekin eka olarmidik? Suv yöq edi-ku. Şuning uçun 2010 yilda töğri xulosaga kelingan», – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev texnogen ofatni tahlil etiş uçun Fransiya, Turkiya va Rossiya kabi mamlakatlardan dunyoning yetakçi ekspertlari taklif etilişi va ular voqeaga xolisona baho berişini ma'lum qildi.

Davlat rahbari «Sardoba» suv omborini tiklaşda undan kelgusida qanday foydalanilişi va bunday hodisa takrorlanmasligi hisobga olinişini qayd etdi.

«Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini rivojlantiriş nuqtayi nazaridan – çorvaga ham, ekinlarga ham, parranda, baliqlarga ham suv kerak. Bu töğri qaror bölgan. Lekin şunday talafot böldi, [endi] kelajakda har bir qilgan işimizni yanada pişiqroq, puxtaroq, mukammal qilişimiz kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Eslatib ötamiz, mazkur suv omborining quriliş işlari 2010 yilda boşlanib, 2017 yilda yakuniga yetkazilgan edi.

4 kişi halok bölib, bir kişi bedarak yöqolişiga sabab bölgan fojia yuzasidan jinoyat işi oçilgan. Tergov harakatlarini DXX organlari ötkazmoqda. Hozirga qadar dastlabki gumonlanuvçilar yoki suv omborining buzilgan 6-piket devorini qurgan quriliş taşkiloti nomi oçiqlangani yöq.