«Maddohning yuziga tuproq soçing!» (Hadis)
____________________
Maddohlik – biror şaxsni maqtaş orqali uning e'tiborini qozonib, bundan keladigan manfaatni tama qiliş. Bunda maqtaşdan maqsad aynan manfaat kutiş bölgani bois, maqtov sözlari aksariyat haqiqatga töğri kelmaydi – mubolağa, köpirtiriş yoki yolğondan iborat böladi.
Yana şuni ta'kidlaş kerakki, maddohlik keng quloç yoygandan keyin aniq bir manfaat közga körinmasa ham maddohlik qiliş davom etaveradi, çunki u endi surunkali kasallikka aylangan böladi.
«Nimasi yomon buning, bir kişi boşqasini maqtasa maqtabdi-da» deyişimiz mumkin. Ha, bir qaraşda bundan heç kimga zarar yetmayapti. Biroq, bu faqat bir qaraşda...
Maddohning öziga yetadigan zararlar
Hazrati Odam tanasi yaratilib, içiga ruh puflangandan söng unga jamiki fariştalar ta'zim qilişdi. Insonni yaratgan Zot irodasi edi bu, Inson şaxsining olamdagi nufuzini belgilaş edi. Keyin esa odam qavmi Yaratganning yerdagi vakili deb e'lon qilindi – Yer sayyorasini obod qiliş topşirildi unga.
Bu ulkan vazifa esa inson şaxsining yuksalişi bilan, kamolotga intilişi, mağrur, qaddini tik tutadigan va qadrini biladigan inson bölişi bilangina amalga oşadi – faqat şunday şaxslar birlaşmasigina butun boşli sayyorani obod qilişi mumkin.
Maddohlik esa bunga... ğirt teskari sifat.
Maddohlik öşa – buyuk şarafdan voz keçiş degani. Kişi endi dunyoni obod qilişga safarbar etilgan, buyukligi koinotga e'lon qilingan, aql-u zakovati bilan farişta qavmidan ustun qöyilgan zot emas, balki şunçaki özi kabi bir insonni madh etib, uning «dasturxoni»dan ul-bul unga yetişi umidida maddohlikni kasb qilib olgan haqir jonzotdir. U endi barça yaxşiliklar unga Robbisidan kelişini inkor etib, özini baloxörlik maqomiga tuşirgan şaxs.
Maddoh bilan yuz beradigan fojia avvalo uning ruhida sodir böladi. Maddoh ruhida keçadigan jarayonni körib bölganida edi, mudhiş, qiyşaygan-bukçaygan, ma'naviy qadriyatlar oyoği osmonda bölgan, ruhiy olam marvaridlari oyoqosti bölgan nursiz manzara kuzatilgan bölardi. Çunki bunda inson ruhidan şaraf, ğurur ketgan böladi. Örnini esa öz-özini xorlaşdan lazzat oliş egallaydi.










