«Özimni köproq britaniyalikman deb his qilaman» - Angliyada ulğaygan 14 yoşli Imron bilan suhbat
|03:38 / 17.05.202056 1368 min
Kun.uz Buyuk Britaniyaga safari davomida bu mamlakatda yaşab kelayotgan bir qator özbekistonlik vatandoşlarimiz bilan suhbatlar taşkil etdi. Turli kasb egalari bölgan bu hamyurtlarimizning ba'zilari bir neça ön yildan buyon şu yerda istiqomat qilib kelişadi. Tabiiyki, ularning farzandlari ham Angliyada voyaga yetmoqda.
Bir neça kun oldin qariyb 20 yildan beri Buyuk Britaniyada yaşayotgan tajribali pedagog Mardon Yusupov bilan suhbatni taqdim etgan edik. Bugun esa uşbu vatandoşimizning tönğiç farzandi Imron bilan tanişamiz.
14 yoşli Imrondan qiziqişlari, maktabi, Özbekistonga ikki marta borganida qanday taassurotlar bilan qaytgani haqida söradik.
«Texnologiyaga boğliq narsalarga qiziqaman. Masalan, şu kompyuterni özim yasaganman. Hozir yana bitta kompyuter ustida işlayapman. Bu men uçun juda zavqli», – deydi suhbatdoşimiz barça qismlarini özi terib çiqqan desktopiga işora qilib.
Undan buni qanday uddalagani haqida söradik.
«YouTube`dan. Asosan videolar köriş orqali. Kompyuter yasagan döstlarim bor, ulardan ham yordam söradim.
Bu kompyuterimni juda yaxşi köraman, undan ğururlanaman ham. Ança vaqtim şu bilan ötadi, internet orqali köp yangi narsalarni örganaman. Biror texnologiyadan faqat foydalaniş emas, u qanday işlaşini bilişga qiziqaman. Bular hammasi qanday tuzilganini bilgim keladi», deydi u.
Imron maktabda ham texnologiyalarga aloqador fanlarga köproq e'tibor qaratişini aytdi.
«Ehtimol dasturçi bölarman. Balki kompyuter yaratiş bilan şuğullanarman. Xullas, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib bormoqçiman».
Özbekistonga borgani haqida
Imron özbek tilini tuşunsa-da, gapirişga qiynaladi. «Bolaligimda inglizçaga tilim kelişişi uçun ota-onam köproq ingliz tilida gapirişga örgatgan. Ular menga özbek tilida gapirib turişadi, lekin men inglizçada javob qaytaraman», – deydi u.
Yoş suhbatdoşimiz Özbekistonga ikki marta borgan.
«Birinçi marta borganimda juda yoş bölganman, şuning uçun yaxşi eslay olmayman. Ikkinçi marta borganimda (2019 yilda) qarindoşlarimizni körib juda xursand bölgandim. U yerdagi akvapark zör edi. Yozda borgandik, havo juda ham issiq edi, bunçalik issiq havo menga unça yoqmagan. Özbek taomlari esa rosa yoqqan. Bizda ham yoz u yerdagidek uzoq davom etişini xohlardim.
Mavzuga oid
Töyga bordik, bu menda juda yorqin taassurot qoldirgan. Töydagi odamlarning kayfiyati a'lo edi. Oldin bunaqasini heç körmagandim.
Bundan taşqari, toğga – kurortga öxşaş joyga bordik, manzara çiroyli edi», – deya eslaydi u.
«Özimni köproq britaniyalik deb hisoblayman»
– Özimni unçalik ham özbek deb öylamayman. Menimça, köproq britaniyalikman. Angliyada özimni juda yaxşi his qilaman, Özbekistonda esa unday emas. Şunday ekan, oçiği, özbekman deb qat'iyan aytmagan bölardim, deydi suhbatdoşimiz.
– Inglizlar va özbeklarni taqqoslaganda, ularni nima farqlab turadi?
– Menimça, angliyaliklar ança sovuqfe'l. Bu yerda odamlar Özbekistondagiçalik bir-biriga yaqin emas, köp gaplaşişmaydi ham. Özbekistonda esa odamlar ança kirişimli, tez-tez bir-birlarini mehmonga taklif qilib turişadi. Angliyada unday emas.
«Tarixda insonlar yöl qöygan ahmoqona xatolarni bilişga qiziqaman»
Hozirgaça erişgan eng katta yutuğim deb nimani aytgan bölarding, deya bergan savolimizga Imron «maktabda a'lo öqişimni» deya javob berdi.
«Özimni öqiş-örganişga qiziquvçi inson, deb hisoblayman. Bilim oliş menga yoqadi.
Özimdan yaxşiroq natijalarga erişayotganlar bilan döst bölişga harakat qilaman. Bu ularning darajasiga çiqişimga yordam beradi. Döstlarimning köpi mendan yaxşiroq öqiydi», dedi u.
Imron sport turlaridan suziş, dzyudo va çim ustida hokkey bilan şuğullanib turadi. U kitob öqişni ham yaxşi körişi, tarixni örganişga qiziqişi haqida aytib berdi.
«Sarguzaşt, ba'zida detektiv kitoblarni öqişni yaxşi köraman. Şerlok Xolms yoqadi. Endi Maknabning kitoblarini mutolaa qilaman. Tanklarni juda yaxşi köraman.
Bu – tarixga oid qörqinçli hikoyalar jamlangan kitoblar töplamim. Bu kitoblar mendan biroz yoşroq bolalar uçun möljallangan, lekin men qayta-qayta öqib turaman. Tarixiy voqealar yozilgan. Tarixni örganişga qiziqaman. Tarixda insonlar yöl qöygan ahmoqona xatolarni biliş men uçun qiziq».
– Qaysilarini öqib tugatgansan?
– Hozir Payğambarlar tarixini öqiyapman.
– Rostdanmi? U senga yoqdimi?
– Ha, unda payğambarlar haqida köp ma'lumotlar bor.
– Hozirgaça öqiganlaringdan qaysi payğambar tarixi senga köproq yoqdi?
– Odam ato. Kitobda birinçi bölib u haqida yozilgan.
Qur'onning uning hayotida tutgan örni haqida
Imronning Qur'onga munosabati, qaysi suralarni bilişi bilan qiziqdik.
«Haftasiga kamida bir marta Qur'on öqişga harakat qilaman. Yaqindan boşlab nafaqat arab tilida, balki ma'nosini yaxşiroq tuşuniş uçun ingliz tilida ham öqiy boşladim. Bir haftada töliq bölmasa-da, bilgan suralarimni takroran öqib turaman. Qur'ondan Ar-Rohman, Yosin suralarini, qisman Baqara surasini bilaman».
– Ayt-çi, Qur'on hayotingga ta'sir körsatadimi, ha bölsa qay darajada?
– Öylab olay. Menimça, ha. Qur'onda men bajarişim kerak bölgan amallar yozilgan. Nima harom, nima halol – hammasi aytilgan. Bu kundalik hayotimga katta ta'sir qiladi, masalan Angliyada yaşaymiz – bu yerda köçaga çiqib, duç kelgan joyda ovqatlanib bölmaydi. Biron narsa yeyişimdan oldin, u halol ekaniga işonç hosil qilişim kerak. Qur'on, şubhasiz, hayotimga ta'sir qiladi.
Qur'onda kelgan payğambarlar tarixini öqib, undan saboq olişga, örganganlarimni hayotimga tatbiq qilişga harakat qilyapman. Bundan ham yaxşiroq uddalay olaman, deb öylayman.
– Arab tilini kimdan örganyapsan?
– Arab tilini örganmayapman. Arabçada qanday öqiş-yozişni örganganman. Bir neça yil oldin tajvidni örganiş uçun darslarga qatnaganman, lekin hozir saboq oliş uçun kursga borayotganim yöq.
– Öqişni asosan ota-onang örgatadimi?
– Odatda köproq kitobdan öqib örganaman. Ba'zida ota-onam ham yordam berib turadi. Lekin köpinça özim mustaqil tarzda örganaman.
«Angliyada diniy bağrikenglik darajasi yuqori»
Imrondan Angliyada köplab din vakillari yaşaşi va ular örtasidagi munosabatlar haqida söradik.
«Özaro hurmat darajasi juda yuqori. Maktabim musulmonlar maktabi bölmasa ham, unda musulmon bolalar klubi bor, u yerda namoz öqişimiz mumkin. Xristianlar klubi ham bor, ular ham öz taomillariga rioya qilişadi. Bir-birimizni hurmat qilamiz.
Ekskursiya vaqtida öqituvçimizdan namoz öqib olişni sörasam, yöq demaydi. Dinlararo hurmat yuqori darajada. Musulmonlarni yoqtirmaydigan ba'zi odamlar ham yöq emas, albatta, ammo baxtimga hozirça undaylarni uçratmadim.
Boşqa din vakillarining dunyoqaraşini örganiş özim uçun ham qiziq. Madaniyatlardagi turfa xillik menimça yaxşi, çunki men dunyoni kengroq qamrovda körişni xohlayman», – deydi 14 yoşli britaniyalik suhbatdoşimiz Imron Yusupov.