Xitoyning Isroildagi elçisi Du Vey Tel-Aviv çekkasidagi uyida jonsiz holda topildi. U Isroildagi işini fevralda boşlagandi. 

Bu haqda VVS telekanali xabar berdi.  

Du Vey bungaça Ukrainada elçi bölgan. 57 yoşli diplomatning ölimi sabablari rasman ma'lum qilinmagan. Biroq Isroilning Channel 12 telekanalining ta'kidlaşiça, elçi tabiiy sabablar oqibatida vafot etgan.

VVSning yozişiça, 15 may kuni Xitoyning Isroildagi elçixonasi AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning Isroilga taşrifi vaqtida Xitoyning koronavirusga qarşi kuraş böyiça amalga oşirgan qadamlarini tanqid qilganiga keskin munosabat bildirgan.

Xitoy elçixonasi Jerusalem Post naşrida Pompeoning bayonotlarini “bema'ni” deb atab, Xitoy mamlakatdagi epidemiyaning haqiqiy kölamini yaşirayotgani borasidagi gumonlarni rad etgandi.