Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga köra, qaror bilan Özbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi hamda Kasbiy malakalar, bilim va könikmalarni rivojlantiriş milliy tizimi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Bildirilişiça, ötgan yillar mobaynida mamlakatdagi professional ta'lim dasturlari YuNESKO taşkiloti tomonidan qabul qilingan Ta'limning xalqaro standart tasniflagiçi darajalari bilan uyğunlaşmaganligi, öquv jarayoniga Özbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi tölaqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib örin egallaşlariga tösqinlik qilib kelgan.
Bu kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarini tugallagan yoşlarning xorijiy davlatlarda öz mutaxassisliklari böyiça işlaşlariga ham imkon bermayotgani aytiladi.
“Şuningdek, mehnat bozorida noformal tarzda ta'lim olgan minglab hamyurtlarimizni kvalifikatsiyalarini tan olinişiga imkon beradi va ular öz bilim, könikma va malaka darajasiga mos kasb va mutaxassisliklar böyiça işlay oladilar.
Ayni kamçiliklarni bartaraf etiş, mavjud kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qiliş, ilğor xorijiy tajribani örgangan holda mutlaqo yangi professional ta'lim tizimini yölga qöyiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi «Professional ta'lim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5812-son Farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlaş maqsadida Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Özbekiston-Şveytsariya «Özbekistonda kasbiy könikmalarni rivojlantiriş» loyihasi va boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar, şuningdek Özbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan xorijiy loyihalar ekspertlari bilan birgalikda 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning (Germaniya, Fransiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozoğiston, Belarus Respublikasi, Moldova) tajribalari örganilib, Özbekistonda ilk bor Milliy malakalar ramkasi işlab çiqildi”, - deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilişiça, bugungi kunda tarmoq kvalifikatsiya ramkalari, kasb va mutaxassisliklar böyiça professional standartlar hamda tabaqalaştirilgan ta'lim dasturlarini yaratiş va yangi öquv yilidan joriy etiş işlari amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Milliy malakalar tarmoqlar malakalar ramkalari, kasb va ta'lim standartlari, milliy va xalqaro darajada malakalarni tan olişning kasbiy ta'limning barça darajalari uçun yagona mexanizmlarni nazarda tutuvçi, malakalarni tarmoqlararo va xalqaro taqqoslaşni ta'minlovçi kompetensiyani baholaş tizimi Kasbiy malakalar, bilim va könikmalarni rivojlantiriş milliy tizimining institutsional komponenti va asosi hisoblanadi.











