Norma’ning yozishicha, farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Respublikada organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”;
2020-2025 yillarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlarida bosqichma-bosqich organik ishlab chiqarishga o‘tishning prognoz ko‘rsatkichlari;
2020-2025 yillarda maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) xalqaro standarti talablari bo‘yicha sertifikatlanadigan yer maydonlarining asosiy eksportbop ekin turlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari;
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi korxonalari va klasterlari tomonidan organik paxta xomashyosi yetishtirish hamda organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
Respublika hududlarida agroekoturizm jozibadorligini yanada oshirish uchun organik bozorlar va restoranlar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organ etib belgilandi. Unga quyidagi huquqlar berildi:
barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi zaruriy ma'lumotlarni olish;
organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub'yektlari faoliyatining ekvivalentligini baholash va avtorizatsiyalash tizimini yaratish.
Organik qishloq xo‘jaligiga o‘tkazilgan yer uchastkalarida ekinlarni joylashtirish organik standart talablarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bunda ekinlarni joylashtirishda davlat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar belgilandi:















