Bugun Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan 7 nafar, jami 24 nafar bemor butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan tuzalganlarning 8 nafari erkak, 9 nafari ayol bölib, 11 nafari Toşkent viloyatidan, 2 nafari Toşkent şahridan, 1 nafardan Samarqand, Sirdaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan. Ularning 13 nafari koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Şarja-Toşkent yönalişida, yana 1 nafari Sankt-Peterburg-Toşkent yönalişida charter reyslari bilan, 1 nafari Tojikistondan, yana 1 nafari esa Rossiyadan Qozoğiston orqali kelgan va karantinga  olingan. Koronavirus aniqlangaç, şifoxonaga yotqizilgan. Bemorlar orasida eng yoşi kattasi 47 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 14 yoşda. 

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan tuzalganlarning barçasi erkak, 1 nafardan Jizzax, Xorazm, Namangan, Sirdaryo, Toşkent, Samarqand viloyatlaridan va yana bir nafari Rossiya Federatsiyasidan. Ulardan 6 nafari çet eldan (3 nafari Rossiyadan, 1 nafardan Qozoğistondan, Tojikistondan va Litvadan) kelgan bölib, karantinga  olingan. Koronavirus aniqlangaç, şifoxonaga yotqizilgan. Bir nafar fuqaro esa koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoşi kattasi 49 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 20 yoşda. 

Toşkent şahrida şu paytga qadar 772 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 796 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar 2338 nafarni taşkil etmoqda.