Dunyo böyiça yangi turdagi koronavirusga çaliniş bilan boğliq holatlar soni 5 milliondan oşdi. Worldometer saytining 14.45 dagi ma'lumotiga köra, kasallik yuqtiriş tasdiqlangan holatlar 5 003 155tani taşkil etgan.
Vafot etganlar soni 325 218taga yetgan, 1 970 918 kişi soğaygan.
Kasallik yuqtiriş va ölimlar soni böyiça AQŞ yetakçi bölib turibdi - 1 570 583 kişi kasallikka çalingan, 93 533 kişi vafot etgan. Rossiya 308 705 nafar bemor va 2972ta ölim bilan ikkinçi örinda.
Mutaxassislarning hisoblaşlariça, kasallikka çalinganlar soni aslida ança köp bölib, statistikada faqat aniqlangan holatlargina hisobga olingan.
Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga köra esa, dunyo böyiça kasallikka çalinganlar soni 4 913 761 kişiga yetgan.













