Toşkent davlat pedagogika universitetining 3-kurs tayanç doktoranti, Mirzaobod tumanidagi «Navbahor» mahallasida yaşovçi Kamola Abrorxonovaning ilmiy tadqiqot natijalari Sardoba toşqini vaqtida yaroqsiz holga kelgan.
28 yoşli olima 15 may kuni mirzaobodliklar bilan uçraşgan prezident Şavkat Mirziyoyevga bu haqda sözlab bergaç, davlat rahbari unga istisno tariqasida doktorlik darajasini beriş böyiça topşiriq bergan. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanali xabar tarqatdi.
https://ok.ru/videoembed/1500984249023
«Şu qişloqda tuğilib ösganman. Toşqindan xabar topgan kunimiz qörquvdan xayolimga ikki taşviş keldi. Birinçisi, yoş bolamni xavfsiz joyga köçiriş bölsa, ikkinçisi – neça yillar davomida olib borgan tadqiqotlarim natijalari, tajriba-sinovlarimning köpçiligi qölyozma variantda uyda qolayotgan edi.
Toşqin qaytgandan keyin uyga kelganimizda ne köz bilan köray... hammasi suvda qolgan, loy bilan qorişib yotgan, xullas yaroqsiz edi.
Yoş tadqiqotçi sifatida öşa paytda xayolimdan nimalar ötganini siz olim sifatida yaxşi bilasiz. Ilm qilişni igna bilan quduq qazişga tenglaştirgansiz. Mehnatimga içim açidi... Lekin eng muhimi – farzandim, oilam, yaqinlarimning joni soğligi», degan Kamola Abrorxonova.
Şundan söng prezident olimaga istisno tarzida doktorlik darajasini beriş böyiça topşiriq beradi.
«Menga odamning doktorlik hujjati kerak emas, menga şijoati, vatanga muhabbati, intilişi kerak.
Qişloqda mana şunday ma'naviyat bilan yaşaganining özi ön karra doktordan afzalroq. Vatanga muhabbat, tarbiyaning misolini amalga körsatgan doktor – özi eng buyuk akademik», – deydi Şavkat Mirziyoyev.
Xabar qilinişiça, topşiriqdan söng bir neça kun içida Kamola Abrorxonova Özbekistonda birinçi bölib onlayn tarzda öz dissertatsiyasini himoya qilgan.
«Boşlanğiç sinf öquvçilarini innovatsion yondaşuv asosida milliy ruhda tarbiyalaşning pedagogik asoslarini takomillaştiriş» mavzusidagi ilmiy işni olima Guliston davlat universitetidan turib masofaviy tarzda yoqlagan.
Abrorxonova ilmiy daraja diplomini GulDUda taşkil etilgan tantanali tadbirda Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmedbek Yusupovdan qabul qilib olgan.
28 yoşli falsafa doktori (PhD) – Jizzax davlat pedagogika instituti Boşlanğiç ta'lim fakultetida davlat granti asosida tahsil olgan, 2014 yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bölgan. Söngra Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti magistraturasini «Boşlanğiç ta'lim» yönalişida imtiyozli tamomlagan.

















