Bu haqda The Big Picture Science podcast podkasti mualliflari ma'lum qilişdi.

Olimlar körşapalaklarni tutib, ularning biologik ma'lumotlarini yiğişgan. Hammasi bölib körşapalaklardan olingan 15 mingga yaqin sölak, qon va najas namunalari tahlil qilingan. Olimlar tadqiqot davomida namunalarning 10 foizida 1,5 ming turdagi koronaviruslarni aniqlaşgan. Bu viruslar institutda saqlab qöyiş uçun muzlatib qöyilgan.

“Bu viruslardan aksariyati heç qaçon odamlarga yuqmaydi, biroq ba'zilarida bunga moyillik bölişi mumkin. Hozirda ulardan qaysi biri odamga ötişi mumkinligini aniqlaş böyiça tajribalar ötkazilmoqda”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanişiça, topilgan ba'zi koronaviruslarga antitanalar Xitoy janubidagi qişloq aholisi qonida topilgan. Bu esa yangi turdagi SARS-CoV-2 koronavirusi Uhan şahridan emas, balki körşapalaklar köplab yaşaydigan ğorlar yaqinida joylaşgan qişloq joylaridan tarqalgan bölişi mumkinligidan darak beradi. 

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, hali özini “körsatmagan”, biroq kelgusida bunga qodir bunday köp miqdorda koronaviruslar aniqlangani “sekin harakatga keluvçi bomba” hisoblanadi. Hozirgaça turli tipdagi koronaviruslar uçta epidemiyaga olib kelişga ulgurdi. Gap 2003 yilda atipik zotiljam keltirib çiqargan SARS, 2012 yilda avj olgan Yaqin Şarq respirator sindromi MERS va 2019 yil oxirida avj ola boşlagan hozirgi SARS-CoV-2 koronaviruslari haqida bormoqda.