«Dunyoning turli burçaklarida karantin turliça ötmoqda. Book café misolida olinadigan bölsa, biznes töxtab qoldi. Boşqa joydan keladigan pul oqimi bölgani uçun, katta ehtimol bilan qayta oçamiz va u işlaşda davom etadi.

Xarajatlari katta bölgan tarmoq kompaniyalari qanday jon saqlab qolişi mumkinligini bilmayman. Koll-markazni bir hafta mobaynida masofadan işlaşga ötkaza oldik. Bu biznesni qayta öylab çiqiş imkonini beradi: bizga katta ofislar kerakmikin? Ehtimol keyingi biznes model bundan keyin ham bilimlarni yetkaza olib, barça bilan masofadan turib işlay oliş körinişida bölar?

Operatsion va kapital xarajatlarimiz kamroq böladi. Mana şu yerda ekotizimdagi mavjud kamçiliklar namoyon böladi: Özbekiston internet böyiça 180 mamlakat içida eng yomon mamlakatlar öntaligida ekani seziladi. Toşkentdan taşqarida internet umuman mavjud emas. Biz öqituvçi dars beriş uçun tomga çiqib, signalni uşlaşga harakat qilayotgani haqidagi rolikni kördik. Bu dahşat. Şu ma'lum böldiki, xodimlarimizning uçdan bir qismi - Nazarbek yoki Toşkent viloyatidan ofisga kelib, operator bölib işlaydigan ayrim xodimlarimiz endilikda işlay olişmaydi. U yerda internet yöq», deydi Laziz Adhamov.

Tadbirkor Özbekistonda frilansing rivojlanişi uçun internet muhimligini ta'kidladi.

«Yaqinda Özbekistonda frilansing bölişi, uni rivojlantiriş kerakligi haqida suhbat bölgandi. Internetingiz bölmasa, qanday frilansing bölişi mumkin?

IT-mutaxassisi sifatida odamlar nima deyişlaridan qat'i nazar şuni aytişim mumkin. Agar hozir mamlakat tinim bilmay işlasa va milliardlab pullarni investitsiya qilsa, bizda internet 2022 yilning oxirida bölişini tan olişimiz kerak.

Hammamiz uçun internet uydagi issiq va sovuq suv, kanalizatsiya, elektr kabi bazaviy ehtiyoj ekanini tuşunişimiz kerak. Internet ham elektrga öxşagan narsa. U mavjud bölişi kerak. Bu biz talab qilişimiz va davlat ta'minlaşi kerak bölgan narsa. Ular tomonidan uşlab turilgan tuşunarsiz monopoliya rivojlanişimizga imkoniyat bermaydi», deydi Adhamov.

Töliq suhbatni Ground Zeröning Youtube’dagi sahifasi orqali tomoşa qilişingiz mumkin.