Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida işlab çiqilgan — “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasining ikkinçi öqişdagi muhokamasi qizğin keçdi. Mazkur qonun loyihasi parlamentning nazorat funksiyasini takomillaştirişga qaratilgan.

Parlament saytida yozişiça, amaldagi “Parlament nazorati töğrisida”gi qonunga muvofiq, jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvçi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanişiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin bölgan muayyan faktlarni yoki voqealarni örganiş maqsadida Oliy Majlis palatalarining qöşma qarori bilan parlament tekşiruvlari ötkazilişi mumkin. Ammo parlament tekşiruvini ötkaziş böyiça amaldagi tartibda bir qator kamçiliklar mavjud edi.

Uşbu huquqiy böşliqlarni töldiriş maqsadida “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Reglamenti töğrisida”gi hamda “Parlament nazorati töğrisida”gi qonunlarga özgartişlar kiritilmoqda.

Loyiha bilan Oliy Majlis palatalariga mustaqil ravişda parlament tekşiruvi ötkazuvçi komissiyani tuziş va uni ötkaziş vakolati berilmoqda. Şu bilan birga, Qonunçilik palatasi bilan Senat parlament tekşiruvlarini birgalikda ötkaziş huquqini saqlab qolmoqda.

Deputatlarning fikriça, qonun loyihasining qabul qilinişi bilan qonun hujjatlarida belgilangan parlament nazorati şakllaridan biri bölgan parlament tekşiruvini ötkaziş amaliyotiga oydinlik kiritiladi. Oliy Majlisning har bir palatasiga parlament tekşiruvini ötkaziş zaruriyatiga qarab mustaqil qaror qabul qiliş imkoniyati paydo böladi. Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvçi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanişiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin bölgan muayyan faktlar yoki voqealar yuzasidan tekşiruvlar ötkaziş mumkin böladi.

Majlisda qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilindi.