U bu haqda Karakasdagi çiqişi vaqtida ma'lum qilgan.

“Bugun Kolumbiya va Braziliyadan qaytgan 67 venesuelalikda virus borligi qayd qilindi. Ular mamlakatga kirib, uni Ivan Duke istayotgandek zararlaşmoqda. U Venesuelaga virusni yoyiş uçun barça işni qilişni buyurgan”, deb ta'kidlab ötgan Maduro.

Uning ta'kidlaşiça, kolumbiyaliklar mamlakatga qaytayotgan venesuelaliklarga “kekslar solingan sumkalar” sovğa qilgan. 
 
“Ularning aytişiça, ular Kali, Bogota, Medelinni soğ-salomat tark etganlar, öz oilalaridan taşqari boşqa heç kim bilan muloqot qilişmagan. Şu sababli ularning fikriça, ularni avtobusda zararlaşgan”, deb ta'kidlab ötgan Maduro.

Venesuelada koronavirusga çaliniş böyiça ilk holatlar haqida 13 mart kuni ma'lum bölgan. Öşa kuniyoq mamlakatda favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan, 17 martdan esa butun mamlakat böylab karantin joriy qilingan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatda koronavirusga çalinganlar soni 824 nafarni taşkil qilmoqda, undan 10 kişi vafot etgan, 262 kişi soğayib ketgan.