Daniya iqlim özgarişiga qarşi kuraş dasturi doirasida ikkita ulkan sun'iy orol quriş va ularda şamol elektr stansiyalarini joylaştirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Handelsblatt naşri xabar berdi.
Orollar Şimoliy va Boltiq dengizlarida quriladi. Daniyaning iqlim, energetika va quriliş masalalari böyiça vaziri Dan Yorgensenning sözlariga köra, loyiha qiymati bir neça yuz milliard daniya kronasiga teng böladi.
Mamlakat hukumatining rejasiga köra, loyiha xususiy investorlar tomonidan moliyalaştiriladi. Agarda davlat ham orollar qurilişga hissa qöşadigan bölsa, uning uluşi juda kam böladi, deb yozadi Reuters.
Qirollik iqlim vazirligining ma'lumot berişiça, orollarning har birida ikki gigavattdan elektr energiyasi işlab çiqariladi. Bu hozirda Daniyadagi barça uy xöjaliklari iste'mol qiladigan elektr energiyasi miqdoridan köproqdir. Mamlakat hukumati ortiqça energiya Yevropaning boşqa mamlakatlariga eksport qilinişini bildirdi.
Daniya 2030 yilga kelib is gazi ajralib çiqişini 1990 yildagiga nisbatan 70 foizga kamaytirişni maqsad qilgan. Kopenhagen yaşil texnologiyalarni rivojlantiriş uçun katta mablağ sarflamoqda.











