Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati internetda bodikamerasiz YPX xodimi fuqaroning qöl telefonini urib, avtomobiliga ötirib olgani haqida tarqalgan videolavhaga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 21 may kuni soat 17:10larda, Navoiy viloyati, Uçquduq tumanidan Zarafşon şahri yönalişi böyiça bir nafar yölovçi bilan harakatlanib kelayotgan “Labo” rusumli transport vositasi “Uçquduq” tösiq postida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan dezinfeksiya çoralarini köriş maqsadida töxtatilib, haydovçidan transport vositasini qayd etiş guvohnomasini taqdim etişi, uşbu ma'lumotlar postda yuritilayotgan jurnalga qayd etilişini ma'lum qilişgan.

Bildirilişiça, haydovçi Milliy gvardiya xodimlariga uşbu postdan har kuni ötib qaytişini, har safar hujjatlarini körsatmasligini aytib, ular bilan tortişib turgan vaqtida, uşbu postga xizmatga jalb etilgan Uçquduq tuman IIB YHXB ma'muriy amaliyot inspektori A.U. postda joylaşgan xizmat xonasidan çiqib kelib, holatga aralaşib haydovçidan hujjatlarini taqdim etişini söragan.

Haydovçi unga hujjatlari yöqligini ma'lum qilganidan söng, YPX xodimi A.U. uni avtomaşinadan tuşişini, avtomaşinasi esa jarima maydoniga qöyilişini aytgan.

Haydovçi avtomaşinadan tuşganidan söng, A.U. unga tegişli avtomaşinani jarima maydoniga qöyiş maqsadida rul boşqaruviga ötirgan vaqtida avtomaşinada ötirgan yölovçi xodimning harakatlarini videotasvirga olişni boşlab, xodimga nima sababdan bodikamerasiz xizmat olib borayotganligini aytib, turli vajlar keltirib, uni harakatlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirişini ma'lum qilgan va ularni qöyib yuborişini söragan.

Şu vaqt xodim uni videotasvirga olişiga qarşilik körsatmoqçi bölgan. Şundan söng, A.U. tomonidan uşbu transport vositasi haydovçisi A.K.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194- va 135-moddalariga köra bayonnoma rasmiylaştirilib, avtomaşinasi evakuator yordamida jarima maydoniga qöyilgan. 

Şu kuni A.U. xizmatga çiqişidan oldin bodikamerasini navbatçilik qismidan olgan bölsa-da, uşbu holat sodir bölgan vaqtda u bodikamerasini şu postda joylaşgan xizmat xonasida unutib qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda, deyiladi ma'lumotda.