Karantin vaqtida insonlar moliyaviy kömakka har doimgidan muhtojroq böladi. Bunday damda saxovatli tadbirkorlar katta sahnaga çiqişyapti. Masalan, Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi «Anis parranda» MÇJ 100dan ortiq oilaga moliyaviy kömak körsatib, ularning plastik kartalariga pul ötkazib turibdi. Şuningdek, korxona 500dan ortiq oilaga bir martalik moddiy yordam körsatdi.
Korxona rahbari hisoblangan Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Baxtiyor Bayzakov Ramazon hayiti munosabati bilan yurtdoşlarimizni tabrikladi.

Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş hamda inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş borasidagi farmonlar uzoqni öylab qabul qilinganini kördik. Ular har bir soha vakillari, jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan biz kabi korxonalarga oğir damda yelkadoş bölib turganini his qilmoqdamiz.
Hukumat siyosati darajasida qabul qilingan uşbu farmonlar bilan tadbirkorlik sub'yektlariga imtiyoz va preferensiyalar, xususan muddati ötib ketgan qarzlarga jarima sanksiyalari yoki undiruv çoralari qöllanmasdan, aksinça ularni va boşqa majburiy tölovlarni keçiktiriş çoralari körildi. Natijada biz faoliyat yuritayotgan «Anis parranda» MÇJ ham öz işlab çiqariş faoliyatini töxtatgani yöq. Iş örinlari qisqartirilmay 90 nafardan iborat jamoa a'zolarining oylik maoşlari vaqtida berib kelinmoqda.
Işçilarga zarur şart-şaroitlar taşkil etilib, ijtimoiy masofa saqlangan holda faoliyat davom ettirilmoqda. Ular bepul tarzda bir martalik tibbiy niqoblar, antiseptik vositalar bilan muntazam ta'minlanyapti.
Azaldan xalqimiz bağrikeng, qöli oçiq, saxovatpeşa, siylai-rahmli bölib, bugungi pandemiya sababli e'lon qilingan karantin kunlarida oddiy fuqarolardan tortib tadbirkorlargaça özlarining bu fazilatlarini namoyon qilib kelmoqda.
Xalqimizning yuqorida ta'kidlab ötilgan xislatlarini inobatga olgan holda «Sahovat va kömak» dasturi qabul qilindi. Bugun uşbu taşabbusni tadbikorlar, dehqon va fermer xöjaliklari vakillari, korxona va taşkilotlar xodimlari qöllab-quvvatlayotgani quvonarli.
Bizning jamiyatimiz ham bu dasturdan çetda qolmadi. Hovli joylarda yaşaydigan fuqarolarga ularning tomorqa maydonlari hajmidan kelib çiqib 500-2000 donagaça broyller jöjalari tekinga tarqatildi. Bundan taşqari jamiyatimiz 100dan ortiq kam ta'minlangan xonadonlarni otaliqqa olib, plastik kartalariga beğaraz pul mablağlari tuşirib berildi.









