Ukraina Qöşma Ştatlardan kelayotgan yordam tösib qöyilgan taqdirda davlat budjetini moliyalaştiriş rejasini körib çiqmoqda, deb yozdi Bloomberg.
U obligatsiyalar çiqariş, soliqlarni oşiriş va xarajatlarni kamaytirişni öz içiga oladi. Buni Xalqaro Valuta Jamğarmasidan (XVJ) tranş oliş umidida qiliş taklif etilmoqda.
Uşbu reja 12 fevral kuni Kiyevga taşrif buyurişi rejalaştirilgan Ukrainadagi XVJ missiyasi rahbari Gevin Greyga taqdim etilişi kutilmoqda. Uşbu xalqaro taşkilotdan ajratiladigan tranş miqdori 5,3 million dollarni taşkil qilişi mumkin.
Qayd etilişiça, Ukraina XVJ oldidagi majburiyatlarini bajarganiga qaramay, agar aniq harakatlar rejasi taqdim etilmasa, jamğarma rahbariyati tranş ötkazilişini ma’qullamasligi mumkin.
AQŞ Kongressi öz janubiy çegaralarini mustahkamlaş, Isroil va Tayvanni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, Ukrainaga yordam uçun 60,1 milliard dollar ajratişni öz içiga olgan qonunçilik taşabbusini muhokama qilişda davom etmoqda. Vakillar palatasida respublikaçilar uşbu qonun loyihasiga qarşi çiqmoqda. Ular yordam ajratiş masalasi alohida qonun bilan körib çiqilişini talab qilmoqda. Muzokaralar dekabr oyidan beri muvaffaqiyatsiz davom etyapti.











