Janubiy Amerika koronavirusning yangi epimarkaziga aylandi, dedi JSSTning soğliqni saqlaş sohasidagi favqulodda vaziyatlar böyiça dasturi direktor Maykl Rayan.
«Biz Janubiy Amerikaning köplab mamlakatlarida kasallaniş holatlari ösayotganligini kuzatmoqdamiz», — dedi Rayan.
JSST vakili birgina Braziliyada koronavirusga çaliniş bilan boğliq holatlar 290 mingdan oşgani va 19 mingga yaqin ölim qayd etilganini aytdi.
Rayan JSST Braziliyaga va ayniqsa koronavirusdan köproq jabrlangan hududlarga yordam berişini qöşimça qilib ötdi.
Jons Xopkins universitetining ma'lumotiga köra, Braziliyada koronavirusga çalinganlar soni 331 mingga yaqinlaşgan va ikkinçi örinda turgan Rossiyani quvib ötişi mumkin (335882ta holat).
Braziliya soğliqni saqlaş vazirligi 22 may kuni bir sutkada 19,9 mingta yangi bemor aniqlanganini xabar qildi.













