Bugun yangi holatlar beshta hududda - Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Namangan va Navoiyda qayd etilgan.
Xususan, Toshkentda 12, Navoiyda 5, Samarqandda 3 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Bugungi holatlarning 5tasi xorijdan kelganlar, 8tasi karantindagilar bilan bog‘liq, aholi orasida 36ta zararlanish holati aniqlangan.
Navoiy viloyatida aholi orasida 16ta holat aniqlandi. Bugun bu viloyatda 8 bemor tuzaldi. Shifoxonalarda 78 bemor davolanmoqda.
Toshkent shahrida aholi orasida 9ta holat aniqlandi. Poytaxtda 13 bemor tuzaldi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 376 bemor davolanmoqda.
Samarqand viloyatida aholi orasida 8ta holat aniqlandi, 12 bemor tuzaldi. 102 bemor shifoxonalarda qolmoqda.
Toshkent viloyatida aholi orasida 2ta holat aniqlandi (viloyatda kasallik tasdiqlangan bemorlar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi).
Namangan viloyatida aholi orasida 1ta holat aniqlandi. Viloyatda so‘nggi kunlarda yangi holatlar aniqlanmayotgandi. Shifoxonalarda 10 nafar bemor bor.
Ayni paytda 3164ta kasallanish holatidan 2565 bemor butunlay sog‘aygan. Hozirda respublikaning 7 hududidagi davolash muassasalarida 586 nafar bemor davolanmoqda.











