Bu haqda Sudanning korrupsiyaga qarşi kuraşiş komissiyasiga tayanib “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.
“Sudanning sobiq prezidenti, uning oilasi a'zolari va safdoşlari egalik qilgan aktivlar va turli kompaniyalardagi uluşlar qiymati dastlabki baholaşlarimizga köra, 3,5 mlrddan 4 mlrd dollargaçani taşkil qiladi”, deb ma'lum qilgan komissiya vakili Saloh Man'a.
Sudanni 30 yil boşqargan 76 yoşli Umar al-Başir 2019 yil 11 aprelda davlat töntaruvi oqibatida hokimiyatdan çetlatilgandi. Armiya parlamentni tarqatib yuborgan va konstitutsiya amal qilişini töxtatgan hamda muvaqqat harbiy kengaş taşkil etgan. 2019 yil sentyabrda mamlakatda yangi ötiş hukumati taşkil etilgan. 2019 yil dekabrda al-Başir korrupsiyadagi ayblov böyiça 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.












