Hurmatli maktab bitiruvçilari!
Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boşlaş arafasidasiz. Şu vaqtgaça qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va döstlaringiz bilan ötkazgan kundalik turmuş tarzingiz örniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boşlanmoqda.
Hozirda köpçiligingiz asosiy vaqtingizni oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz. Sizlar uçun yaqinda «Onlayn maktab» kanallarimizda Davlat test markazi bilan hamkorlikda test topşirişga tayyorgarlik va öziga xos onlayn repetitorlik saboqlarini boşlaymiz.
Orangizda işga kirib yoki tadbirkorlik faoliyatini boşlab, rözğorga öz hissasini qöşiş harakatida yurganlar ham talaygina. Ular qöşimça kasb örganiş uçun kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga öqişga ham borişi mumkin.
Yoşlarimizga qöşimça yordam sifatida yozda «Onlayn maktab» kanallarida ingliz tilini örganiş uçun qiziqarli filmlar va körsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topişni örgatişga qaratilgan videodarslarni efirga berib boriş ustida işlayapmiz.
Inson muvaffaqiyatining köpi bilan 10 foizi omadga va taşqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan öziga boğliq ekanligi uçun yuqori maqsadlar qöyib, öz kuçingizga işonib, tinmay harakat qilişingiz zarur!
Eng asosiysi, vaqtingizni behuda ötkazmang! Vaqt hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim özingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltiriş uçun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oşirişga öz hissangizni qöşing!
Mustaqil hayotga qadam qöyişni boşlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati tasdiqlangaç, 15 mart kunidan barça ta'lim muassasalari yopildi. Karantin vaqtida maktab öquvçilari uçun telekanallar orqali videodarslar efirga uzatilmoqda.
Maktablarda 25 may kuni 2019/2020-öquv yili yakunlanadi. Öquv yili yakunida ötkazilişi lozim bölgan yakuniy imtihonlar bekor qilingan.












