Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun rozilik beriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tomonidan işlab çiqilgan hujjat loyihasiga köra, qömitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) diniy taşkilotlarning markaziy boşqaruv organlari uçun:

ta'sis yiğilişi (konferensiyasi)ning raisi va kotibi hamda diniy taşkilotlarning markaziy boşqaruv organini tuziş taşabbuskorlari bölgan ön sakkiz yoşga yetgan yuz nafardan kam bölmagan Özbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan Nizomning 1-ilovasidagi şaklga muvofiq ariza;

markaziy boşqaruv organni taşkil qiliş, uning ustavini tasdiqlaş va rahbar organlarini saylaş böyiça ma'lumotlar mavjud bölgan ta'sis yiğilişi (konferensiyasi) bayonnomasi va markaziy boşqaruv organi ustavining nusxalari;

markaziy boşqaruv organining ta'sisçilari töğrisidagi Nizomning 2-ilovasidagi şaklga muvofiq ma'lumot;

markaziy boşqaruv organining rahbar organi a'zolari töğrisidagi Nizomning 3-ilovasidagi şaklga muvofiq ma'lumot;

markaziy boşqaruv organi rahbarlarining diniy ma'lumoti haqidagi hujjatlari (diniy ma'lumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning tan olinganligi böyiça hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi) nusxalari;

markaziy boşqaruv organining yuridik (poçta) manzili töğrisida tegişli mahalliy davlat hokimiyati organining (Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yonğin xavfsizligi xizmatining tegişli bölinmalari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining rozilik xatining nusxasi ilova qilingan holda) kafolat xati nusxasi;

b) diniy ta'lim muassasalari uçun:

diniy taşkilotlarning markaziy boşqaruv organi rahbari hamda diniy ta'lim muassasasi tuziş taşabbuskorlari bölgan ön sakkiz yoşga yetgan yuz nafardan kam bölmagan Özbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan Nizomning 1-ilovasidagi şaklga muvofiq ariza;

diniy ta'lim muassasasini taşkil qiliş, ustavini tasdiqlaş va rahbar organlarini saylaş (tayinlaş) böyiça ma'lumotlar mavjud bölgan markaziy boşqaruv organining vakolatli rahbar organi yiğilişi bayonnomasining va diniy ta'lim muassasasi ustavining nusxalari;