Suratlarda keksa yoşdagi kişilarni ham köriş mumkin.

E'tiborli jihati, bu suratlarda «Uyda qoling» yozuvi ham yopiştirilgan.


Qayd etiş kerakki, Izboskan tumani may oyi boşida respublika maxsus komissiyasi tomonidan «yaşil» hududlar toifasiga kiritilgan. Ammo «Koronavirus info» rasmiy kanali tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markaziga tayanib xabar berişiça, 23 may kuni Izboskan tumanida yaşovçi bir kişida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Bemor bilan muloqotda bölgan 51 kişi karantinga olingan. Ularning orasida oila a'zolari bor.️ Şu bilan birga, bemor bilan aloqada bölgan 26 kişidan ham virusologik tahlil uçun surtma namunalari olingan.
Soğliqni saqlaş vazirligi Andijon viloyatida sönggi kunlarda kasallaniş holatlari töğrisida ma'lumot bermagan. Vazirlik viloyatda sönggi marta 17 may kuni 5 kişida kasallaniş holatini qayd etgan.
25 may kunidagi ma'lumotlarga köra, Andijon viloyatida jami 175ta holat qayd etilgan (bu raqam 17 may kunidan buyon özgarişsiz qolmoqda), şu vaqtgaça 167 nafar bemor töliq soğaygan.


















