Namangan Square kundalik hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarni o‘zgartiradi: Namangandagi unikal turar joy majmuasi G‘arb an'analari va mahalliy madaniyat hamda zamonaviy uslubga e'tibor qaratib, jamiyat tizimiga yangiliklarni olib kirishga intilmoqda.
Islom Karimov ko‘chasida (mo‘ljal: Angor posti) qulay joylashgan, Namangan aeroportidan atigi 2 daqiqalik masofaga ega, Prezident maktabi qarshisidagi MJ Developers kompaniyasining “shahar ichida shahar” konsepsiyasi asosida qad ko‘taradigan majmua insonlarning asosiy va ikkinchi darajali ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni taqdim etadi. Namangan Square istiqomat qilish va ishlash uchun jozibali joyga aylanadi, bu yerda sizga kerak bo‘lgan barchasi juda yaqin masofada joylashgan.
18 gektarlik ushbu ajoyib shahar hozirda qurilish jarayonida: hududining 60 foizidan ko‘prog‘i ko‘kalamzor maydondan iborat majmua 9 qavatli 32 ta premium darajasidagi uyni, shu jumladan 9 chuqurchali golf maydonini ham o‘z ichiga oladi.
Loyihaning maqsadi – o‘z aholisini avtomobillarsiz ekologik toza muhitda farovon hayot bilan ta'minlash.
Namangan Square o‘z aholisini jahon tendensiyalari bilan tanishtiradi, ularning iste'molchilik tajribalarini boyitadi, ta'lim olishni qulaylashtiradi (majmuada ingliz maktabi va bolalar bog‘chalari mavjud) hamda ziyofatlar va to‘ylarni o‘tkazish uchun ultra zamonaviy klub binosini taqdim etadi. Uning asosiy xususiyatlari – obodonlashtirilgan bog‘lar, jihozlangan bolalar o‘yin maydonchalari, futbol maydonlari, tennis kortlari, basketbol maydonchalari, ochiq havodagi sport zallari, velosiped yo‘laklari, alleyalar va hokazo.

Namangan Square – ushbu go‘zal shaharda ko‘pdan beri mavjud bo‘lgan buyuklik ramzlariga qo‘shimcha bo‘la oluvchi eng yaxshi maskan, ko‘rkam Farg‘ona Vodiysidagi topish mushkul bo‘lgan yashirilgan gavhardir.
Namangan Square – bu Farg‘ona vodiysidagi O‘zbekiston tarixida birinchi va yagona aqlli shahar loyihasi bo‘lib, u egizak minoralar, golf maydoni va 5 yulduzli mehmonxonani o‘z ichiga oladi.
Namangan Square'ning Boulevard'ida shoping uchun 100 dan ortiq chakana oziq-ovqat, o‘yinchoqlar, dekor uchun buyumlar yoki kiyim-kechak savdo do‘konlari mavjud. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar uchun choyxonalar, restoranlar, qahvaxonalar, qandolat do‘konlari, novvoyxonalar, go‘zallik salonlari eshiklari ochiladi – sizga kerak bo‘lgan barchasi va hattoki undan ko‘prog‘i ham!


















