Özbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari işlab çiqariş kuniga 10,8 mln donagaça yetkazildi. Bu haqda «Öztöqimaçiliksanoat» assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, COVID-19 pandemiyasi tarqalişi sababli dunyoning köplab mamlakatlari aholi uçun himoya niqoblari va kombinezonlar yetişmasligi muammosiga duç keldi. Özbekistonda ham aholini niqoblar bilan ta'minlaş dolzarb vazifaga aylandi.

Sohadagi 275 korxonada kuniga 6 mln donadan ortiq niqob va 45 ming dona kombinezon işlab çiqarilmoqda. Şu bilan birga, 1,7 mln dona himoya niqobi va 1,2 mln dona xalat gumanitar yordam sifatida, 13,4 mln dona niqob eksportga jönatildi. 

Mamlakatda niqoblar işlab çiqariş böyiça Toşkent şahri, Namangan, Andijon va Toşkent viloyatlari yetakçilik qilmoqda. Işlab çiqarilgan mahsulotning 75 foizi ular uluşiga töğri keladi.