AQŞning Harvard universiteti va Massaçusets texnologik instituti mutaxassislari koronavirusni aniqlovçi himoya niqobini işlab çiqişdi. Uşbu niqob uni taqqan odam koronavirusga çalingani yoki yöqligini aniqlay oladi.

Niqob koronavirusni aniqlaş uçun bir martalik datçik bilan jihozlangan bölib, u natijani 1,5 soat içida körsatadi. Sir tutiş maqsadida natija niqobning içki tomonidagina aks etadi.

Olimlar bunday datçiklarni bir neça yil avval işlab çiqarişni boşlaşgan. Ular Ebola va Zika viruslari bilan kasallanişni aniqlaşda qöllangan. Qurilma boşqa viruslarni topişga ham sozlanişi mumkin.

Datçikni kiyimga ham tiksa böladi. Bunday kiyimlardan tez yordam maşinalari xodimlari, harbiylar foydalanişlari mumkin.