Prezident Şavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasi masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Davlat rahbarining matbuot xizmati xabariga köra, Özbekiston transport korxonalari karantin çeklovlari sababli hozirgaça 340 milliard söm zarar körgan.
Epidemiologik vaziyat barqarorlaşgunça bu raqamlar yana oşişi aniq. Şu bois sohada pandemiyaning ta’sirini yumşatiş, korxonalarni iqtisodiy qöllab-quvvatlaş böyiça qator çoralar körilmoqda.
Masalan, karantindan eng köp zarar köradigan «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyatlarining 122 million dollar kreditlari tölov muddatlari uzaytirildi, 60 milliard sömlik soliq imtiyozlari taqdim etildi. Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasidan 50 million dollar miqdorida aylanma mablağ sifatida foizsiz ssudalar ajratildi.

Yiğilişda yangiça şaroit va talablar asosida transport sohasining barqaror işlaşini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.
Transport vazirligiga «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyatlarini pandemiya ta’siridan olib çiqiş böyiça biznes model işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Yevropa-Xitoy yönalişida yuk taşiş bozoriga kiriş orqali qöşimça daromad oliş, joriy va investitsiyaviy xarajatlarni optimallaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.
Raqobatni kuçaytiriş uçun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi taşuvçilarni jalb qiliş, «Uzbekistan Airways»ni nufuzli xorijiy kompaniya boşqaruviga beriş masalasi körib çiqildi.
Aeroportlarni modernizatsiya qiliş, Andijon, Buxoro, Urganç va Qarşi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy şeriklikka beriş böyiça tender e’lon qilinişi belgilandi, deyiladi prezident matbuot xizmati press-relizida.
Prezident yiğilişida «Özbekiston temir yöllari»ning nosohaviy aktivlari köpligi masalasi körildi













