Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ötkazilgan nazoratda suğoriladigan yerda uçiş-qöniş yölagi qurib olingani aniqlandi. Bu haqda «Davergeodezkadastr» qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, «Mingçinor» qişloq fuqarolar yiğini hududidagi SilverleafeInternational LLC agroklaster tomonidan qurilgan uşbu uçiş-qöniş yölagi jami 8 gektar yerni egallab turibdi, şundan 6 gektari suğoriladigan ekin yerlari ekani aytiladi. 

Şuningdek, agroklaster tomonidan 1 gektar ekin yeridan özboşimçalik bilan turli imoratlar qurib olinganligi ma'lum böldi, deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, uşbu agroklaster tomonidan 1, 11, 21, 25, 26 va 27 dala konturlariga jami 2000 gektar yerga rejalaştirilgan çigit ekinining 356 gektariga haligaça ekilmasdan kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qömita mutaxassislari tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berildi va viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi, deyiladi ma'lumotda.