Kun.uz saytida avvalroq bu ilg‘or klaster tugatilayotgani haqida maqola e'lon qilingan edi. Biroq, qashqadaryolik mutasaddilar ushbu materialga tayinli munosabat bildira olishgani yo‘q.

«SULTONTEX GROUP»  xususiy korxonasi Qarshi tumanidagi jami 15 ming gektarda paxta yetishtiruvchi 500dan ziyod fermerlar bilan shartnoma imzolagan. Uning o‘zi ham 1300 gektar maydonga ega.

Klaster paxta yetishtiruvchi fermerlarga mexanizatsiya, o‘g‘it, dori, yoqilg‘idan yordam beradi, ularning yetishtirgan paxtasini paxta terish mashinalarida yig‘ib oladi. Hosilni o‘zi qayta ishlab, tola va chigitini ajratadi. Chigitdan yog‘ chiqaradi, toladan esa ip yigirib, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, eksport qiladi.

Klaster barcha ishlab chiqarish sikllarini to‘liq qamrab olgan. Respublikada bunday klasterlar barmoq bilan sanarli. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Qashqadaryo viloyatiga safari davomida bu klaster faoliyati bilan shaxsan tanishgan.

Barchasi nimadan boshlangandi? Klaster faoliyati nega tugatib yuborilmoqda?

Ayni damda «SULTONTEX GROUP» Qarshi tuman hokimligining ayrim yolg‘on ma'lumotlari yuzasidan tuman ma'muriy sudiga murojaat qilgan, ish sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Sud qanday yakuniy qarorga keladi, bundan bexabarmiz, unga ta'sir o‘tkazish niyatimiz ham yo‘q, biroq o‘quvchilarimizga «SULTONTEX GROUP» klasterining yopilishiga nimalar sabab bo‘lgani, umuman, uning yopilishi adolatli yo unday emasligi haqida xulosa chiqarishlari, mushohada qilishlari uchun vaziyatni yaqindan o‘rganish maqsadida Qarshiga bordik.

Klaster rahbari Nurbek Ergashevning hikoya qilishicha, Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning 20 mart kuni Koson tumanida Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazgan yig‘ilishidan keyin unda muammolar yuzaga kela boshlagan.

Yig‘ilishdan keyin tuzilgan bayonnomada Qashqadaryo viloyati hokimligi, «Agrobank» ATB, Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi va tijorat banklarining g‘allani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish uchun yetishmaydigan mablag‘larni tijorat krediti,