Qaşqadaryoda ilğor klaster tugatilmoqda. Bu – «kattalar»ning noqonuniy talabini bajarmaganlik uçun jazomi?
|23:45 / 14.04.2020115 45216 min
Kun.uz tahririyatiga Qaşqadaryo viloyati, Qarşi şahridagi «SULTON TEX GROUP» xususiy korxonasi rahbari Nurbek Ergaşevdan murojaat kelib tuşdi.
U boşiga tuşgan körguliklar yuzasidan prezident Şavkat Mirziyoyevga ham videomurojaat yöllagan.
Bugungi kunda paxtaçilikka ixtisoslaştirilgan klaster korxonasi hisoblanadigan uşbu korxona 2011 yilda töqimaçilik sanoati mahsulotlari işlab çiqariş bilan öz faoliyatini boşlagan.
Klaster Qarşi tumanida 15 ming gektar ekin maydonida paxta töqimaçilik işlab çiqarişni taşkil etgan bölib, 500dan ziyod fermer xöjaligi bilan paxta xomaşyosi yetiştiriş böyiça şartnoma imzolagan.
Korxona klasterga aylantirilgan 2018 yil 13–14 dekabr kunlari prezident Şavkat Mirziyoyev korxonaga taşrif buyurib, korxona tomonidan foydalanişga topşirilgan loyiha qiymati 17 mln AQŞ dollaridan iborat ip yigiruv fabrikasi va Qarşi tumanida paxtani klaster usulida yetiştiriş böyiça taşkil etilgan işlar bilan tanişib, yuqori baho bergan. Şuningdek, 2019–2020 yillarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan trikotaj mato fabrikasi, tikuv fabrikasi, paxta tozalaş zavodi va yoğ işlab çiqariş zavodi loyihalarini ma'qullab, tegişli topşiriqlar bergan.
Murojaatda aytilişiça, topşiriqlarning katta qismi ötgan davr içida bajarilgan.
Foto: Daryo
Bugungi kunga qadar 40 mln AQŞ dollari miqdoridagi 7ta loyiha amalga oşirilgan bölib, 2280ta iş örinlari yaratilgan.
Joriy yil yakuniga qadar 24 mln AQŞ dollari miqdoridagi yana 4ta loyiha va 2021 yilda 36 mln AQŞ dollari miqdoridagi 4ta loyiha işga tuşirilib, jami iş örinlari soni 3700tani taşkil etişi közda tutilgandi.
Ammo mahalliy investor va bank kreditlari evaziga rivojlanib borayotgan uşbu korxona sanoqli kunlar içida jar yoqasiga keltirib qöyildi.
Mavzuga oid
Nurbek Ergaşevning Kun.uz muxbiriga hikoya qilib berişiça, barçasi Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari (yaqingaça Buxoro viloyati hokimi) Öktam Barnoyevning 2020 yil 20 mart kuni Koson tumanida Qaşqadaryo viloyatida qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan işlarni örganiş xamda mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida ötkazgan yiğilişidan keyin sodir bölgan.
Paxta hisobidan ğalla
Yiğiliş bayonida Qaşqadaryo viloyati hokimligi (Z.T.Mirzayev), «Agrobank» ATB (Mamatqulov) Markaziy bank viloyat Boş boşqarmasi (Rajabov) va tijorat banklarining ğallani mineral öğitlar bilan oziqlantiriş va kimyoviy preparatlar bilan işlov beriş uçun yetişmaydigan mablağlarni tijorat krediti, paxta-töqimaçilik klasterlariga ajratiladigan paxta imtiyozli kredit mablağlari va fermer xöjaliklarining ustav fondiga jamğariladigan mablağlar hisobidan (!) qoplaş töğrisidagi takliflari ma'qullansin, deyilgan.
(Qiziq holat: Qişloq xöjaligi mahsulotlari davlat xaridi fondidan ğalla yetiştirişga ajratilgan (kimyo va texnika xizmatlariga) pulning özi qani?)
Qaşqadaryo viloyati hokimligi (Z.T.Mirzayev) tumanlar sektor rahbarlari bilan birgalikda beş kun muddatda ustav fondiga 16,6 mlrd co‘m mablağ jamğariş çoralarini körsin;
(Ya'ni, şundoq ham holi voy bölib turgan fermerlar beş kun muddatda öz ustav fondlarini 16,6 milliard sömga oşiradi — topgan-tutganini bankka olib borib topşiradi. Ularni bu işga majburlaş jinoyat ekanini sektor rahbarlari hisoblanuvçi prokurorlar bilişarmikan?)
«Agrobank» ATB (Mamatqulov) tijorat banklari bilan birgalikda bir hafta muddatda fermer xöjaliklariga ajratiladigan tijorat krediti, paxta-töqimaçilik klasterlariga ajratiladigan paxta imtiyozli krediti va fermer xöjaliklarining ustav fondiga jamğariladigan jami 73,8 mlrd co‘m mablağni ilovaga muvofiq mineral öğitlar va kimyoviy preparatlar xarid qiliş uçun yönaltirsin;
(Paxtaçilikka ixtisoslaşgan klasterlar va fermerlar ölpon tariqasida topşirgan pullar ğalla uçun mineral öğitlar va kimyoviy preparatlar xarid qilişga yönaltiriladi. Ertaga paxtaga, masalan, öğit kerak bölganda pul qayerdan olinadi?)
Moliya vazirligi (Ergaşev), «Agrobank» ATB (Mamatqulov) va tijorat banklari bilan birgalikda ğalla öriş kombaynlarini ta'mirlaş uçun talab etiladigan 7,8 mlrd co‘m mablağni 2020 yil paxta hosili uçun ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan tölab beriş çoralarini körsin.
(Hattoki ğalla öriş kombaynlari paxta hosili uçun ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobidan tölab beriladi — kursivdagi ta'kidlar muallifga tegişli).
Nurbek Ergaşevning aytişiça, uning «çeki»ga ğalla uçun 5,8 milliard söm pul ötkazib beriş tuşgan. U bunday qila olmasligi, bank kreditidan maqsadsiz foydalana olmasligini aytganidan söng unda muammolar boşlangan.
Lekin, tadbirkor nega özi uçun umuman foydasi bölmagan narsaga pul ötkazib berişi kerak? Bitta «Sulton teks» emas, qolganlari ham. Nega?
Özining aytişiça, Boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev viloyatga taşrifi çoğida uni çaqirib, unga «mening topşiriğimni qilmaysanmi hali, sen klaster sifatida tugatilasan», degan.
«Jazo» uzoq kuttirmagan. 2020 yil 8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida «Paxta-töqimaçilik işlab çiqarişi taşkilotçilari — klasterlar faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida» ötkazilgan yiğilişda respublikada samarasiz faoliyat körsatayotgan va tugatilişi lozim bölgan 16ta klaster korxonalari röyxati tasdiqlangan.
Ularning orasida Qarşi tumanidagi «Sulton teks» MÇJ ham bor.
1 . Paxta xomaşyosini çuqur qayta işlaşning töliq siklni qamrab olgan qayta işlaş quvvatlari mavjud emas.
2. 2020–2021 yillar uçun aniq hisob-kitoblarga asoslagan loyihalar işlab çiqilmagan.
3. Agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşirişga amaliy yordam körsatilmasligi oqibatida paxta yetiştirişda hosildorlik past bölib 2019 yilda 19,4 sentnerni taşkil etgan va 2018 yilga nisbatan 10,9 sentnerga pasaytirib yuborilgan.
4. Fermer xöjaliklariga yetkazilgan moddiy resurslar va körsatilgan xizmatlar narxlarini oşirilgan qiymatda taqdim etib kelgan. Oqibatda, fermer xöjaliklarining moddiy manfaatdorligi ta'minlanmayapti.
Işlar boşlab yuborilgan: ayni paytda Qarşi tumanidagi fermerlarga içki işlar xodimlari tomonidan böş şartnomaga imzo va muhr qöydirib olinmoqda. Ya'ni, 5,8 milliard sömni tölab bersa — «Sulton teks»da göyoki hali ham imkon bor. Tölamasa — fermerlar yetiştirgan paxtasini boşqa taşkilotlarga topşirişadi.
Ammo, Nurbek Ergaşevning tuşuntirişiça, korxonada paxtani çuqur qayta işlaşning barça bosqiçlari mavjud. Jumladan, paxta tozalaş zavodi, yoğ işlab çiqariş zavodi, ip yigiruv fabrikasining 1-bosqiçi, trikotaj mato fabrikasi, tayyor kiyim keçak tikuvçilik fabrikasi, paxta zararkunandalariga qarşi kuraşiş böyiça biolaboratoriya, qolaversa 8,5 mln. AQŞ dollariga xarid qilingan 330ta zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari va agregatlari.
2020–2021 yillarda 60 million dollarlik 8ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan va amalga oşiriş böyiça işlar boşlangan. Ular orasida zamonaviy uruğçilik sexi, sifat sertifikat laboratoriyasi, asal tayyorlaş va qadoqlaş-quriliş işlari yakunlangan, uskunalar olib kelingan, ip yigiruv fabrikasining ikkinçi bosqiçi, töqima mato fabrikasi, böyoq fabrikasi, çorvaçilik loyihasi, sut va göştni qayta işlaş kabilar bor.
Nurbek Ergaşev bu körguliklarning ortida Qarşi tumani hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Akrom Aripov gavdalanib turganini aytmoqda. Çunki N.Ergaşev avvaldan bu rahbar bilan kelişmay keladi. Boş vazir örinbosari Öktam Barnoyevga ham soxta va notöğri axborotlarni aynan u tayyorlab bergani aytildi.
Akrom Aripov haqida ikki oğiz. U Qarşi tumani hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga ötişdan avval viloyat qişloq xöjaligi inspeksiyasi boşliği lavozimida işlagan.
U şu yil yanvarida Nişon tumanida viloyat hokimi Zoir Mirzayevning topşiriğiga köra fermer dalasiga kirib, ğallani payhon qilgan qöylarni söydirib taşlagani bilan internetda maşhur bölgan edi.
Akrom Aripov (öngda).
Bu boradagi fikrlari bilan tanişiş uçun unga qönğiroq qildik. Akrom Aripov matbuotga bu borada heç narsa deya olmasligi, barçasi boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev imzolagan bayonnomalarda aks etganini aytib ötdi.
Şuningdek, u klaster Qarşi tumaniga heç narsa qilib bermayotgani, bu korxonadan tumanga foyda yöqligini ham qöşimça qildi.
Biroq Nurbek Ergaşevning aytişiça, korxonada işlayotgan işçilarning 80 foizi Qarşi tumanidan bölib, xorijdan kelib işlayotgan işçilar ham bor.
Korxona tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinadi. Jumladan, 2019 yilda 15,2 mln AQŞ dollari miqdorida, 2020 yilning I çoragida 4,1 mln AQŞ dollari miqdorida eksport amalga oşirilgan.
2019 yil paxta hosili böyiça Qarşi tumanidagi fermer xöjaliklari tomonidan 21,5 mlrd söm QQS, 3,5 mlrd söm yagona yer soliği, 3,6 mlrd söm iş haqiga tegişli tölovlar, jami 28,6 mlrd söm Qarşi tumani budjetiga tölangan.
Bundan taşqari, korxonaning Qarşi tumanidagi yer va mulklari böyiça soliqlar ham tuman budjetiga tölanadi. Korxona soliq tölovçi sifatida yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo soliq inspeksiyasida röyxatga olingan.
«Agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşirişga amaliy yordam körsatilmasligi oqibatida paxta yetiştirişda hosildorlik past bölgani» haqidagi da'volar ham yolğon. Qarşi tumanida 2018 yilda 15 ming 700 gektar yer maydoniga paxta ekilgan bölib, 30895,5 tonna paxta yetiştirilgan yoki 19,6 sentner hosildorlikka erişilgan.
2019 yil klaster tizimi joriy etilgandan söng 15 ming gektar yer maydoniga paxta ekilgan bölib, 30647,3 tonna paxta yetiştirilgan yoki 20,4 sentner hosildorlikka erişilgan. Ya'ni, hosildorlik 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 0,8 sentnerga oşgan.
«Fermer xöjaliklariga yetkazilgan moddiy resurslar va körsatilgan xizmatlar narxlarini oşirilgan qiymatda taqdim etib kelgan. Oqibatda, fermer xöjaliklarining moddiy manfaatdorligi ta'minlanmayapti», degan vajni körsatişmoqda.
Ammo korxona tomonidan qişloq xöjaligi texnikalari bilan fermer xöjaliklariga körsatilgan mexanizatsiya xizmatlari narxi viloyat va tuman «Maşina traktor parklari» tomonidan belgilangan narxlardan past qilib belgilangan.
Fermer xöjaliklariga yetkazib berilgan mineral öğitlar va boşqa moddiy resurslar narxi ham tuman va viloyat agrokimyota'minot korxonalari tomonidan belgilangan narxlardan past qilib belgilangan.
Bu borada göyoki Nurbek Ergaşevdan «aziyat» çekkan bir guruh fermerlarning ham videomurojaati çiqdi. Ular hattoki, «Sulton teks» bizni ezib yubordi, agar bizni ezmaganida mana bu karantin kunlarida xalqimizga köproq xayriya qilib yordam qilgan bölar edik», deya bloger Aqida Xonimga ham qönğiroq qilib aytişibdi.
Eng qiziği, fermerlar Nurbek Ergaşevning tumandagi selektor yiğilişlariga kelmaydi, deb ayblaşmoqda. Bu ayblovlar fermerlardan köra köproq tuman hokimligining aybloviga öxşab qolmoqda. Ya'ni, ularga gap örgatilgan. Ergaşev selektor yiğilişiga keliş-kelmasligining fermerga nima qiziği bölişi mumkin?..
Töğri, hozir karantin çoğida borib, klaster bilan şartnoma imzolagan fermerlarning barçasi bilan bitta-bitta gaplaşib, ularning haqiqiy fikrini töplab çiqiş imkonsiz. Lekin kimlardir mana şu holatdan öz manfaati yölida ham unumli foydalanayotganga öxşayapti.
Nurbek Ergaşevning bu boradagi fikri bilan ham qiziqdik:
«Men 570 fermer bilan işlayman. Ularning orasida har qanaqasi bor. Şu 10–15 fermer tuman hokimligining buyurtmasini bajarmoqda. Mening fermerlardan bir tiyin qarzim qolmagan. 2019 yil 31 dekabrgaça barçasi bilan töliq hisob-kitob qilib bölganman. Ularga bayram ham taşkil qilib berganman. Viloyat hokimi ham kelib iştirok etib, sovğalarni topşirgan edi.
Lekin ayrim fermerlar borki, sifatsiz uruğini olib kelib topşirib, evaziga ikki barobar köproq haq olişni istaydi. Men özim uruğçilikni rivojlantiriş maqsadida qölidan iş keladigan fermerlar bilan sifatni qattiq nazorat ostida olib borib işlamoqdaman».
Ma'lum bölişiça, Nurbek Ergaşev bu paxtaçilik sohasida diydiyolarga ilk marta duç kelayotgani yöq. Avval ham uruğçilik masalasida mojarolar çiqqan. Sifatsiz uruğni qabul qilişdan boş tortgani uçun öşa vaqtda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği Muhiddin Esonov (bu şaxs ham Buxoro viloyatining sobiq hokimi) tomonidan bosim uyuştirilayotgani haqida jurnalistlarga gapirib bergan edi.
Endi nima böladi?
Klasterlar respublika prezidenti taşabbusi bilan paxtaçilik sohasida majburiy menatga barham beriş, paxtani özi yetiştirib, mahalliy bozorga tannarxi arzon mahsulotlar işlab çiqariş, xorijga eksport qilib valuta tuşumini köpaytiriş maqsadida taşkil etilgan edi.
«Sulton teks»da şu işlar yölga qöyilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan korxona endi birjadan qimmat narxga paxta sotib olib, rentabelligi past mahsulotlar işlab çiqarişga yoki faoliyatini tugallaşga majbur qilinmoqda.
Xöş, klaster yopildi ham deylik. Fermerlar kooperatsiyasi nima qiladi? Paxtasini paxta tozalaş zavodlariga topşiradi. Ular — birjaga çiqaradi. Bundan kim yutadi? Albatta, sifati past uruğçilik paxtasi uçun ikki barobar köp haq oladigan fermerlar va ortiqça pulni ular bilan «arra» qiladigan «kattalar».
Işning közini biladigan tadbirkorlar, xalq, davlat budjeti esa, odatdagidek, yutqazadi. Bu teskari seleksiya oqibati bölmasdan nima?
Eng yomoni — klaster rahbari, yerga mehr berib işlaş uçun, paxtani zamonaviy usulda yiğib terib oliş uçun 8,5 million dollarga zamonaviy traktorlar va paxta teriş maşinalari xarid qilgan. Ular nima böladi?
Foto: Daryo
Foto: Daryo
Foto: Daryo
Sarmoyador bir işni boşlaş uçun ulkan sarmoya kiritar ekan, nega unga davlat yerni kafolatlab bera olmayapti? Bunaqada odamlarda davlatga işonç qoladimi?
Klaster qandaydir xatolarga yöl qöygan bölsa unga yöl-yöriq körsatib, unga yordam beriş emasmi davlatning vazifasi? Uni noqonuniy topşiriqni bajarmagani uçun jazolab, 2 mingdan ziyod odamni işsiz qoldirişdan nima naf?
Fermerda prezidentga murojaat qiliş, dardini jurnalistlarlar orqali xalqqa aytişdan boşqa imkoniyat yöq. Sohadagi rahbar xodimlar esa prezidentga vaziyatni özi istagandek, tadbirkorning zarariga sözlab bera oladi.
Yo biz qonun bilan işlaşimiz kerak yoki qonun yöqligini tan olişimiz lozim.
Vaziyat öta va öta jiddiy. Lekin nima bölganda ham, gullab-yaşnayotgan, yaqin kelajakda ulkan rejalarni amalga oşiraman, deb turgan korxonaga buldozer solib, vayron qilmaslik kerak. Bunday işlar yangi iş boşlamoqçi bölib turgan mahalliy tadbirkorlarga, qolaversa, Özbekistonga investorlarning qiziqişini söndirişga xizmat qiladi-ku, axir?!
Şuhrat Şokirjonov, Kun.uz maxsus muxbiri.
P/S: Tahririyatga ma'lum qilişlariça, Qaşqadaryoda «SULTON TEKS» MÇJ korxonasining qişloq xöjaligida foydalaniladigan yengil maşinalarga «sizlar endi klaster emassizlar», degan vaj bilan «ov» boşlangan va xizmatdagi maşinalar yoppasiga jarima maydonçalariga qöyiş boşlangan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi