«2020 yil 28 may soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 nafarni taşkil etmoqda.

Yangi kasallaniş holatlarining 16 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Şuningdek, Toşkent şahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toşkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan», deyiladi xabarda.

27 may kuni jami 79ta yangi zararlaniş holati qayd etildi, 32 kişi kasallikdan soğaydi va şu vaqtgaça tuzalganlar soni 2668 nafarga yetdi.
 
Hozirda respublikaning 7 hududidagi şifoxonalarda 714 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari öta oğir ahvolda, 3 nafari esa oğir ahvolda.