Prezident matbuot xizmatining qayd etişiça, bugungi kunda Özbekistonda 2 965 ta davlat iştirokidagi korxona mavjud. Ularning aksariyati eski usulda, samarasiz işlamoqda. Uşbu korxonalarning yarmidan köpi hatto dividend tölaş imkoniga ega emas.

2019 yil 14 yanvarda qabul qilingan «Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmonida bu boradagi vazifalar belgilangan edi.

2019 yil 11 dekabr kuni prezident huzurida ötkazilgan yiğilişda uşbu korxonalarni bozor prinsiplari asosida isloh qiliş, xususiy investorlarga sotiş böyiça topşiriqlar berilgandi. Şundan kelib çiqib, respublika böyiça yalpi xatlov ötkazildi.

Yil boşidan beri 299 ta davlat aktivlari 348 milliard sömga sotildi. Yangi investorlar uşbu obektlarga jami 3,3 trillion söm investitsiya kiritib, 4 700 nafar yangi iş örinlari yaratiş majburiyatini olgan.

Xususan, sobiq «Çorsu» mehmonxonasi, «Samarqandkimyo» korxonasi, «Özbekiston» mehmonxonasidagi davlat uluşi, Qönğirot soda zavodi sotildi. Bu obektlarga 425 million dollar investitsiya kiritilib, 800 ta yangi iş örinlari yaratiladi.

Taqdimotda davlat aktivlarini xususiylaştiriş, böş turgan obektlar va yer maydonlarini aniqlaş hamda ulardan samarali foydalaniş, davlat iştirokidagi korxonalarda korporativ boşqaruvni joriy etişga doir rejalar haqida ma'lumot berildi.

Prezident sohadagi işlarni davom ettirib, yana 1 400ga yaqin davlat aktivlarini xususiy investorlarga berişni tezlaştiriş zarurligini ta'kidladi.

Vazirlar Mahkamasiga xususiylaştiriş dasturini tasdiqlaş vazifasi qöyildi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga tarmoq rahbarlari bilan birga unumsiz işlayotgan 711 ta korxonani tugatiş, 262 tasini qayta taşkil etiş, şuningdek, 500dan ziyod bozorlarni xususiy sektorga beriş böyiça yönalişlar aniqlandi.

Davlat ixtiyorida saqlab qolinadigan korxonalarni boşqariş va isloh qiliş böyiça yangi tizim joriy etiş muhimligi qayd etildi.