Bugun Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 16 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 6 nafar hamda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida 7 nafar, jami 29 nafar bemor butunlay soğaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 6 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 63 yoşda, yoşi kiçigi 2019 yil tuğilgan. Hududlar kesimida oladigan bölsak, Toşkent viloyatidan 5 nafar, Andijon şahridan 3 nafar, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan 2 nafar, Navoiy, Farğona viloyatlari, Toşkent şahri va Qozoğiston Respublikasidan 1 nafardan
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan tuzalganlarning barçasi erkak bölib, yoşi kattasi 49 yoşda, yoşi kiçiga esa 19 yoşda. Hududlar kesimida oladigan bölsak, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Farğona viloyatlari, Toşkent şahri hamda Tojikiston Respublikasidan 1 nafardan.
Toşkent şahrida şu paytga qadar 997 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 1019 nafarga yetdi.
Samarqandda tuzalganlarning barçasi uşbu (Toyloq tumanidan 4 nafar, Samarqand şahridan 2 nafar va Pastdarğom tumanidan 1 nafar) viloyatdan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 49 yoşda, yoşi kiçiga 2020 yilda tuğilgan çaqaloq. Viloyatda endilikda soğayganlar 265 nafarga yetdi.
Hozirga qadar mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 2723 nafarga yetdi.












