Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylaştirgan videosida Paşinyan özida heç qanday taşqi simptomlar bölmasada harbiy qismga borişdan avval test topşirgani haqida aytgan.

Armaniston boş vaziri yaqin vaqtlar içida uyidan çiqmasligini ma'lum qilgan. Uning oila a'zolari ham kasallikka çalingan. Ularning barçasida heç qanday taşqi belgilar kuzatilmagan.

«Hozir biz hammamiz özimizni ihotaladik. Men uydan turib işlayman. Bu yerda barça qulayliklar muhayyo», degan arman hukumati rahbari.

Paşinyan virusni ziyofatlardan biri vaqtida ofitsiantdan yuqtirib olganini taxmin qilmoqda.

«Men u qölqopsiz işlayotganini payqagandim, unga tanbeh bergandim, ammo u doimo qölqopsiz işlab kelganini bilmagandim. U ham koronavirusdan zararlangan», degan boş vazir.

Bugun, 1 iyun kuni u 45 yoşga töldi.

Armanistondagi vaziyat

May oyi oxirida Paşinyan Armanistonda koronavirus bilan boğliq vaziyat yomonlaşişda davom etayotgani va respublikada «italyança ssenariy» röy berişi mumkinligidan ogohlantirgandi. «Har bir million kişiga kasallaniş holatlari soni böyiça biz Eron va Fransiya körsatkiçlarini ortda qoldirdik, Rossiya bilan tenglaşdik va şu tempda davom etsa Italiyaga ham yetib olamiz», - deya qayd etgandi boş vazir. Öşanda Paşinyan Armanistonda koronavirusning ikkinçi tölqinini boşlangani haqida gapirgandi.

Respublikada 13 iyunga qadar favqulodda vaziyat rejimi amal qiladi. Şu bilan birgalikda, iqtisodiy faoliyatga taqiqlarning ayrimlari bekor qilingan, mamlakatda korxonalar işlay boşlagan, jamoat transportiga ham ruxsat berilgan, çeklovlar faqat ta'lim muassasalari uçun saqlab qolingan.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga köra, Armanistonda şu vaqtgaça 9282 kişida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, bemorlarning 131 nafari vafot etgan.

Koronavirus va siyosat

Şu vaqtgaça Rossiya va Buyuk Britaniya boş vazirlari Mixail Mişustin va Boris Jonson, şuningdek, Britaniya taxti vorisi şahzoda Çarlz koronavirusdan kasallangandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham virusdan zararlangan. Ayni vaqtda u şifoxonadan tuzalib çiqqan.

Şuningdek, Rossiyaning Tuva ölkasi rahbar Şolban Kara-Ool va Udmurtiya gubernatori Aleksandr Breçalov, Rossiyaning bir qança federal vazirlari - madaniyat vaziri Olga Lyubimovoy, quriliş vaziri Vladimir Yakuşeva va ta'lim vaziri Valeriya Falkova ham kasallikka çalingan.