Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) Uluğbek Muhammadiyevning aytişiça, uşlab turilgan şaxslarga nisbatan ğayriinsoniy munosabatda bölganlik yoki ularni qiynoqqa solganlik böyiça qözğatilgan jinoyatlarning asosiy qismi jazoni ijro etiş muassasalarida emas, balki IIV tergov tizimidagi vaqtinça saqlaş hibsxonalarida sodir etilgan. U bu haqda 29 may kuni Boş prokuraturada bölib ötgan brifingda ma'lum qildi.

“Ombudsmanga tuşgan murojaatlar tahlili bilan sizda berilgan tahlil töğri kelyapti. Qiynoqlar böyiça tuşgan murojaatlar tahlilini berganmiz. Agar e'tibor bersangiz, asosiy qismi Içki işlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan ğayriinsoniy yoki qiynoqlar bilan boğliq bölgan moddaga töğri keladigan holatlar tasvirlanyapti.

Lekin bir jihati, bu holatlar jazoni ijro etiş muassasasida emas, Içki işlar vazirligining tergov tizimi bilan boğliq bölgan. Asosiy qismi – 80-90 foizi Içki işlarning tergov tizimi [vaqtinça saqlaş hibsxonalari] bilan boğliq bölgan murojaatlar”, deya Uluğbek Muhammadiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uluğbek Muhammadiyev

Içki işlar vazirligi boşqarma boşliği Jamşid Sultonovning qöşimça qilişiça, bugungi kunda Özbekistondagi barça jazoni ijro etiş muassasalari kuzatuv moslamalari bilan töliq jihozlangan. Bu mahkumlarga qarşi qaratilgan har qanday holatni aniqlaş imkonini beradi. 2019 yilda qiynoqqa soliş böyiça jazoni ijro etiş muassasasining birorta xodimi javobgarlikka tortilmagan.

“Mahkumlar tomonidan qiynoqqa soliş böyiça Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarning juda oz qismi ularning jazo muddatini ötaş davri bilan boğliq. 2019 yilda mahkumlarni qiynoqqa soliş yoki tazyiq ötkaziş bilan boğliq holat böyiça jazoni ijro etiş tizimi, jazoni ijro etiş muassasasining birorta xodimi javobgarlikka tortilmadi.

Jazoni ijro etiş muassasalari oxirgi paytda kuzatuv moslamalari bilan töliq jihozlangan. Bu degani har qanday tartibbuzarlik, yoki tazyiq holatida bevosita joyida, kerak bölsa, kuzatuv moslamalari orqali videokuzatuv moslamasi xotirasidan foydalaniş orqali öşa holat bölgan yoki bölmagani töliq tasdiqlaş yoki inkor etiş imkoniyati berilgan”, deydi u.