Vazirlar Mahkamasining 26.05.2020 yildagi «Muruntov» konini özlaştiriş» (V navbati) 1 bosqiç loyihasi sanoat obektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlaş» investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlarini tasdiqlaş töğrisida»gi 331-son qarori qabul qilindi.
 
Investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida kapital qöyilmalarning umumiy qiymati ekvivalentda $113 755 mingni taşkil etadi, şundan $56 255 mingi – Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) mablağlari, $8 800 mingi – Moliya vazirligining ssudasi va $48 700 mingi – tijorat banklari kreditlari.
 
Norma’ning yozişiça, NKMK investitsiya loyihasining taşabbuskori va mas'ul qarz oluvçi hisoblanadi, qarzni söndiriş va u bilan boğliq xarajatlarni öz mablağlari hisobidan amalga oşiradi.
 
Qaror bilan tasdiqlangan loyiha TIHKning asosiy körsatkiçlari ilovada keltirilgan.
 
Hujjat 27.05.2020 yildan kuçga kirgan.