Şuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan futbol böyiça xalqaro va içki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik köriş hamda ularda qatnaşiş maqsadida, professional futbol klublariga öquv-maşğulotlarni sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga muvofiq holda boşlaşga, 2020 yil 5 iyundan esa Özbekiston professional futbol ligasi musobaqalarini davom ettirişga ruxsat berildi. Albatta, futbol öyinlari tomoşabinlar iştirokisiz ötkaziladi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taşabbusi bilan taşkil etilgan onlayn videokonferensiya Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra «sariq» va «yaşil» hududlarda sport maşğulotlarini taşkil etiş va ötkaziş masalalariga bağişlandi.

Unda vazirning tegişli buyruğiga muvofiq karantin davrida faoliyati yölga qöyiladigan sport seksiyalari, tögaraklari, sport zallari va fitnes klublarining faoliyatini taşkil etiş böyiça vaqtinçalik talablar öqib eşittirildi.

Buyruqqa muvofiq, uç kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda «sariq» va «yaşil» hududlarda joylaşgan sport seksiyalari, tögaraklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yölga qöyiladi.

Qolaversa, sport inşootlari (şu jumladan, oçiq maydonlar)ga kiriş-çiqiş joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda ölçaş, 37 daraja va undan yuqori tana harorati bölgan fuqarolarni sport inşootlariga kiritmaslik va bu haqda soğliqni saqlaş bölimlariga xabar beriş, sport tadbirlari hamda badantarbiya maşğulotlarini soat 07.30 dan 18.30 gaça bölgan vaqt oraliğida taşkil etişga qat'iy amal qilinadi.

Şuningdek, sport tadbirlarini ötkazişda suziş havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport ta'lim muassasalari faoliyatini yölga qöymaslik közda tutilgan.

Har bir sport inşootida muntazam ravişda dezinfeksiya işlari amalga oşirilib, sport tadbirlari va badantarbiya maşğulotlarini hududlarda ötkaziş böyiça mahalliy hokimliklar, hududiy soğliqni saqlaş va içki işlar boşqarmalari bilan kelişiş, mahallalarga biriktirilgan trenerlar tomonidan reja asosida masofani saqlagan holda mahalliy aholi bilan badantarbiya maşğulotlari ötkazilişi belgilangan. Bunda sport tadbirlari va badantarbiya maşğulotlari davomida mahalliy aholini bir joyda töplamaslik çoralari köriladi.