Jorj Floyd 9 iyunda Xyustonda dafn etiladi
AQShning Minneapolis shahrida (Minnesota shtati) politsiya tomonidan ushlanish vaqtida jon bergan afroamerikalik Jorj Floyd bilan vidolashish marosimi 8 iyunda Xyustonda (Texas shtati) bo‘lib o‘tadi, 9 iyunda esa u shahar yaqinidagi qabristonlardan birida dafn etiladi.

Foto: Legion Media
Marhum bilan barcha tashrif etishi mumkin bo‘lgan vidolashish marosimi Xyustondagi The Fountain of Praise cherkovida bo‘lib o‘tadi. Bu haqidagi ma'lumot Fort Bend Memorial Planning Center dafn byurosining Facebook’dagi sahifasida e'lon qilingan.
9 iyunda esa Floydning oila a'zolari va do‘stlarigina ishtirok etadigan marosim o‘tkazilib, shundan keyin Floyd Xyuston yaqinidagi Perlend shaharchasidagi memorial qabristonda dafn etiladi.
Dafn byurosi vakili ma'lumotlariga ko‘ra, Floyd Xyustonda tug‘ilib, voyaga yetgan.
Avvalroq mashhur amerikalik bokschi Floyd Meyuezer Jorj Floydning dafn etilishi xarajatlarini to‘lab bermoqchiligi ma'lum qilingandi. Sportchi vakilining ta'kidlashicha, Meyuezer marhumning oila a'zolari bilan bog‘lanib, o‘z taklifiga ularning roziligini olgan.
Floydning o‘limi AQShda katta ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlanishiga olib keldi. Keyinroq namoyishlar tartibizliklarga aylanib ketdi. Hozirda ushbu tartibsizliklar 140 dan ko‘proq shaharni qamrab olgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand no‘xat sho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 11:37
-
Putin va Trampning suhbatidan keyin ham Rossiya Kiyevga zarba berishda davom etmoqda
Jahon | 11:06
-
Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 11:05
-
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q
Jahon | 10:26
Mavzuga oid

19:39 / 10.12.2022
Floydning o‘limida aybdor politsiyachiga hukm o‘qildi

09:05 / 28.07.2022
Jorj Floyd ishi: AQShda ikki sobiq politsiyachi 3 va 3,5 yilga qamaldi

01:43 / 26.06.2021
Jorj Floyd o‘limiga sabab bo‘lgan politsiyachi 22,5 yilga qamaldi

09:43 / 21.04.2021